Karabaeva Barno Bobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili), (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1808.
Ilmiy rahbar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Asqarova Shaxnoza Kamoliddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning chog‘ishtirma aspektda kognitiv va pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs nutqiy faoliyatining perseptiv (idrok) va tafakkur qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi kognitiv tilshunoslikning «taksonomik model» va pragmatikaning «kommunikativ registrlar» kabi aspektlari orqali dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning taksonomik modeli tilga doir aktuallashuv mexanizmi, profillashuvning kognitiv mexanizmlari, konseptual metafora, konseptual metonimiya, generalizatsiya kabi dinamik ko‘rsatkichlarning funksiyaviy kategoriyalashuvi asosida ishlab chiqilgan; 
«KO‘RISh SEZGISI» konseptining verbalizatsiyasi lisoniy mexanizmlarning pragmatik jihatdan tasviriy-tavsifiy, volyuntiv va  reaktiv jamlanmalar kabi o‘xshash va kognitiv jihatdan aktuallashuv, profillashuv, qayta kategoriyalash kabi farqli xususiyatlarini aniqlash orqali asoslangan;
perseptivlikni tasvirlashga yo‘naltirilgan leksikaning diskursda voqelanishining inson tafakkuri va idrokining pragmatik darajalanishi mezonlariga mos kelishi tasviriy-tavsifiy, volyuntiv va reaktiv kommunikativ registrlar orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning kognitiv-pragmatik xususiyatlarining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan semantik derivatsion xususiyatlari va ingliz va o‘zbek tillarida ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning semantik, semantik-stilistik, kognitiv va pragmatik mohiyati, shuningdek, ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning ma’nolarini lug‘atlarda ifodalashning qiyosiy tahliliga oid materiallar va ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 01-12-20-4748-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar «yo‘l xaritasi» doirasida o‘z aksini topgan;
ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning semantik maydoni tillararo aspektlarda o‘rganilganligi, xususan genetik jihatdan o‘zaro qardosh bo‘lmagan tillarning perseptiv sferasini chog‘ishtiruv asosida tahlil qilinishi fe’lning semantik nazariyasini yanada rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lishi aniqlanib, ishlab chiqilgan taksonomik model va kommunikativ jamlanmalarga oid ilmiy natijalar Andijon davlat universitetida 2017 2021 yillarda bajarilishi mo‘ljallangan OT-F1-18 raqamli «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyixasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 39-08-1272-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar innovatsion loyiha doirasida o‘z aksini topgan;
ingliz va o‘zbek tillarida ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarni kognitiv va pragmatik aspektlarda kompleks ravishda qiyosiy-chog‘ishtirma o‘rganishga bag‘ishlangan dissertatsiyaning ilmiy natijalari, amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutida 2015-2017 yillarda bajarilishi mo‘ljallangan «Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi 561624 EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2CBHESP: «Internationalization and Modernization of Education and Processes in the Higher Education of Uzbekistan» nomli loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 16 iyundagi 1298/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida shaxsning nutqiy faoliyati, uning perseptiv (idrok) va tafakkur qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi kognitiv-pragmatik yondashuvlar tahlili asosida aniqlanganligiga oid materiallar tadqiqot doirasida olingan xulosalar sohaviy terminshunoslik va lug‘atshunoslik hamda xalqaro ma’lumot almashinuvi tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
shaxsning nutqiy faoliyati, uning perseptiv idrok va tafakkur qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi kognitiv-pragmatik yondashuvlar tahlili asosida aniqlangani, ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning semantik maydoni tillararo aspektlarda o‘rganilgani, genetik jihatdan o‘zaro qardosh bo‘lmagan tillarning perseptiv sferasini chog‘ishtiruv asosida tahlil etish fe’lning semantik nazariyasini yanada rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lishi aniqlangan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 01-03/851-son ma’lumotnomasi). Natijada taksonomik model va kommunikativ registrlar ishlab chiqilgan, jaxon va o‘zbek adabiyoti durdona asarlarining ilmiy tadqiqi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda qo‘llanilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida ko‘rish sezgisi konseptining o‘xshash va unikallik jihatlari konseptual-taksonomik tahlil metodi yordamida ochib berilganligiga oid ilmiy natijalar, amaliy tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining «O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» nomli innovatsion loyixasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 02-15/3604-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar innovatsion loyiha doirasida o‘z aksini topgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish