Babaxodjaeva Lobar Gafurdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonida aralash ta’lim modelini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped215.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxammadrasul, texnika fanlari doktori, professor; Shaxzoda Abdullaeva, pedagogika fanlari doktori, professor; Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonida aralash ta’lim modelini joriy etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aralash ta’lim sharoitida talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishning metodik xususiyatlari an’anaviy, masofaviy va Internet orqali mustaqil ta’lim olishning integrativ shakllarining kasbiy tayyorgarlik jarayonini jadallashtirishga doir tashkiliy, analitik, diagnostik, prognostik, loyihaviy faoliyat bilan gorizontal va vertikal darajada boyitib borishning autopedagogik imkoniyatlarini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishning metodik tuzilmasi kasbiy tayyorgarlik jarayonining motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik, akmeologik, refleksiv komponentlarini aralash ta’limni tashkil etishning o‘qitish texnologiyalarini erkin va maqbul tanlash, identiv maqsadni belgilash, Blum taksonomiyasining analiz, sintez, baholash bosqichlarini elektron tarzda translyasiyalash sharoitida ta’lim muhitini dinamik tarzda o‘zgartirib borish tamoyillari bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishning texnologik modeli o‘quv materiallarning yirik bloklarga birlashtirish orqali elektron ko‘rinishda o‘qitish (Replacement), elektron resurslardan foydalanish orqali an’anaviy ta’limni tashkil etish (Supplemental), elektron ta’lim orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish (Emporium), individual ehtiyojlar asosida auditoriyada va elektron o‘qitishga doir mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda uyg‘unlashtirish (Buffet) modellarini milliy kredit-modul` tizimiga adaptivlik darajasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishda aralash ta’lim modelini joriy etishning metodik shartlari elektron ta’lim resurslari bilan ishlashda talabalarning individual ehtiyojlarini maksimal hisobga olish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning moslashuvchanligi va qulayligi, kommunikativ, informatsion va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi asinxron va sinxron ko‘rinishdagi o‘quv jarayonida kollaborativlikni ta’minlash, o‘quv-bilish faoliyatining avtonomligini qo‘llab-quvvatlash orqali mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishga klasterli yondashuvni tatbiq etishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ochiq ta’lim resurslarining (Google for Education) “o‘girilgan sinf” texnologiyasi (Flipped Classroom)ni tayyorlov, auditoriya ishi, mustaqil ta’lim bilan sinxron kommunikatsiyaga kirishuv darajasi interaktivligi va refleksivligini bevosita hisobga olish orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aralash ta’lim sharoitida talabalarning kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aralash ta’lim sharoitida talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishning metodik xususiyatlarini an’anaviy, masofaviy va Internet orqali mustaqil ta’lim olishning integrativ shakllarining kasbiy tayyorgarlik jarayonini jadallashtirishga doir tashkiliy, analitik, diagnostik, prognostik, loyihaviy faoliyat bilan gorizontal va vertikal darajada boyitib borishning autopedagogik imkoniyatlarini kengaytirish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi markazi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/11-01/9-1570-son ma’lumotnomasi). Natijada, aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish tizimi takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishning metodik tuzilmasi kasbiy tayyorgarlik jarayonining motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik, akmeologik, refleksiv komponentlarini aralash ta’limni tashkil etishning o‘qitish texnologiyalarini erkin va maqbul tanlash, identiv maqsadni belgilash, Blum taksonomiyasining analiz, sintez, baholash bosqichlarini elektron tarzda translyasiyalash sharoitida ta’lim muhitini dinamik tarzda o‘zgartirib borish tamoyillari bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar 7, 8, 9-sinf axborot texnologiyalar fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi markazi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/11-01/9-1570-son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda fanni o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishda aralash ta’lim modelini o‘quv materiallarning yirik bloklarga birlashtirish orqali elektron ko‘rinishda o‘qitish, elektron resurslardan foydalanish orqali an’anaviy ta’limni tashkil etish, elektron ta’lim orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish, individual ehtiyojlar asosida auditoriyada va elektron o‘qitishga doir mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda uyg‘unlashtirish modellarini milliy kredit-modul` tizimiga adaptivlik darajasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Polsha milliy akademik almashinuv agentligi (NAWA) va O‘zbekiston hamkorligidagi PPI/APM/2019/1/00004 – raqamli Xalqaro “3D Digital Silk Road” nomli amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika institutining 2021 yil 10 noyabrdagi 1935-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik klasterni rivojlantirishda aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishning metodik shartlarini elektron ta’lim resurslari bilan ishlashda talabalarning individual ehtiyojlarini maksimal hisobga olish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning moslashuvchanligi va qulayligi, kommunikativ, informatsion va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi asinxron va sinxron ko‘rinishdagi o‘quv jarayonida kollaborativlikni ta’minlash, o‘quv-bilish faoliyatining avtonomligini qo‘llab-quvvatlash orqali mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-usubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 11 noyabrdagi 11/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda pedagogik kompetentlikni rivojlantirishda aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
aralash ta’lim sharoitida talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirishga klasterli yondashuvni tatbiq etishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ochiq ta’lim resurslarining “o‘girilgan sinf” texnologiyasini tayyorlov, auditoriya ishi, mustaqil ta’lim bilan sinxron kommunikatsiyaga kirishuv darajasi interaktivligi va refleksivligini bevosita hisobga olish orqali ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 12 avgustdagi 02-07-2036/04-son dalolatnomasi). Natijada, pedagogik faoliyatni rivojlantirishda aralash ta’lim texnologiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.