Usmonalieva Nafisa Shamsiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Musobaqalarga tayyorlanish bosqichlarida eshkak eshuvchi sportchilarning tibbiy - psixologik ta’minlanishini o‘ziga xosligi», 19.00.04 – Tibbiy va maxsus psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib807.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Charos Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eshkak eshuvchi sportchilarning psixologik holati ko‘rsatkichlarining morfofuksional ko‘rsatkichlar, shuningdek, sport muvaffaqiyatining genetik determinantlari bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda ularning psixologik tayyorgarligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eshkak eshuvchi sportchilarda ACE, PPARA va PPARGC1A genlari chidamliylik va tezlikni nazorat etuvchi genotiplariga mos keluvchi temperament va asab tizimi turlari asosida ustuvor xarakat faolligi chegarasini (qisqa, o‘rta va uzoq distansiyalar) aniqlash imkoniyati isbotlangan;
ilk bor sportchilarda eshkak eshish sport turiga mos bo‘lgan sport genlari allel`-genotiplari va psixonevrologik belgilarni kompleksi asosida tabaqalashtirilgan musobaqa oldi tayyorgarlik rejimini shakllantirish va yuqori jismoniy yuklamalarga moslashuvini ta’minlash asoslangan;
eshkak eshuvchi mamlakat terma jamoasi a’zolarida mua’yan temperament turlarida simpatik asab tizimi ustuvorligiga erishish orqali ruhiy barqarorlikni ta’minlash va jismoniy imkoniyatlarni maksimal namoyon etish imkoni aniqlangan;
eshkak eshuvchi sportchilarda temperament turlari, asab tizimi tiplari va uning kuchi darajalari bilan chidamlilik va tezlikni nazorat etuvchi allel`-genotiplar orasidagi bog‘liqlik asosida ruhiy imkoniyatlari yaxshilangan va sportchi yuqori natijaga erishish mumkin bo‘lgan invidual eshkak eshish distansiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Musobaqalarga tayyorlanish bosqichlarida eshkak eshuvchi sportchilarning tibbiy - psixologik ta’minlanishini o‘ziga xosligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rganilayotgan sportchilarning neyropsixologik statusi ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini o‘ziga xos xususiyatlarini ularning individual harakat faoliyatining neyropsixologik holati xarakteriga nisbatan differensiatsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida tibbiyot xodimlari uchun ishlab chiqilgan “Eshkak eshuvchi sportchilar asab tizimining turlarini ustunligini hisobga olgan holda, ularning xulq-atvor xususiyatlarini baholashda yangicha yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 maydagi 8n-r/427-son ma’lumotnomasi, 2021 yil 27 sentabrdagi 08-09/13043-son xulosasi). Natijada sportchilarning psixologik holatini, xususan, asab tizimi kuchi darajalari bilan chidamlilik va tezlikni nazorat etuvchi genotiplar muayyan assotsiatsiyasi orasidagi bog‘liqlikni e’tiborga olib yuqori natijaga erishish mumkin bo‘lgan invidual eshkak eshish distansiyasini aniqlash imkonini bergan;
eshkak eshuvchi sportchilar psixofiziologik, morfo-funksional, jismoniy ish qobiliyati ko‘rsatkichlarining, jismoniy mashg‘ulotni tuzish va shakllantirishda, sport faoliyatida yuqori natijadorlikni ta’minlashda, sportga saralash jarayonini takomillashtirishda prognostik ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sport amaliyotiga, jumladan, eshkak eshish va suv sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamda yakkakurash sport turlari Respublika oliy sport mahorati maktabi amaliyotiga joriy qilingan (eshkak eshish va suv sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining 2020 yil 6 fevraldagi va yakkakurash sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining 2020 yil 7 fevraldagi ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari). Natijada sport psixologlari, sport shifokorlari va murabbiylarining tibbiy-psixologik ish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish