Jumaev Akbarjon Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tasmali konveyer tarkibli yo‘naltiruvchi rolikli mexanizmlari konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.02.02-«Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1956.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Maqsudov Ravshanjon Hasanovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamedov Jobirxon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasmali konveyer tarkibli yo‘naltiruvchi rolikli mexanizmining qayishqoq elementli konstruksiyalarini ishlab chiqish, kompleks nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida parametrlari va ishlash rejimlarini asoslash hamda konveyer samaradorligni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasmali konveyer barabanining burchak tezligini kamayish qonuniyatlari, tasmaning bikirlik va dissipatsiya koeffisienlarini inobatga olgan holda aniqlangan;
konveyer yuritgichining burovchi momentini aniqlash imkonini beradigan matematik model, barabanlar inersiya momentlari va ularning burchak tezliklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
konveyer tarkibli yo‘naltiruvchi rolikli mexanizmi qobig‘i va tashqi gardishini tebranish qonunlari texnologik yuklanish, umumiy massasi, dissipativ-bikirlik xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
tarkibli yo‘naltiruvchi rolikli mexanizmning qobig‘i va tashqi metall gardishi tebranish qamrovini rezinali amortizatori bikirlik koeffisientiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tasmali konveyer rolikli mexanizimlarida tekis aylanma harakatni ta’minlab beruvchi qayishqoq elementli sirpanish podshipnigining konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tarkibli yo‘naltiruvchi rolikli mexanizm sirpanish podshipnigi aylanuvchi vallarda tayanch sifatida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 17 iyundagi 06-06-04/6357-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dumalash podshipnigi o‘rniga tavsiya etilgan tarkibli sirpanish podshipnigi qo‘llanilganda mexanizmning mexanik shikastlanishi 5,6 % gacha va tashqi kuchlar ta’siri natijasida shikastlanishi 4,99 % gacha kamayishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan qayishqoq elementli sirpanish podshipnigi bilan jixozlangan tarkibli rolikli mexanizmining takomillashgan konstruksiyasi foydali qazilma tashish jarayonidagi tasmali konveyerda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 17 iyundagi 06-06-04/6357-sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada tasmali konveyer tarkibli yo‘naltiruvchi rolikli mexanizmlarining ekspluatatsion samaradorligini 10-15 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan.