Ibragimov Botir Dastamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ko‘p xususiyatli qoplama yordamida transport-texnologik mashinalar uzellari va kuzov qismlarining davriyligini oshirish», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2138.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Xakimov Rovshan Muminovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Kongratboy Avezimbetovich Sharipov (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti); texnika fanlari doktori Fayzulla Nurmuminovich Nurkulov (Kimyo texnologiyaci MChJ).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p xususiyatli qoplamalar bilan transport-texnologik mashinalarning kuzov detallari va uzellarining ishlash davrini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport-texnologik mashinalarning ishlash davrini oshirish uchun ko‘p xususiyatli qoplamalarning eng samarali tarkibi eposiuretanni sintez qilish yordamida aniqlangan;
ko‘p xususiyatli qoplamalarning tarkibiy formulasi diaminlarning siklokarbonatlar bilan birikishi natijasida keltirib chiqarilgan va transport-texnologik mashinalar resursiga bog‘liqliligi korroziyabardoshlik, shovqin va vibratsiyani kamaytirish xususiyatlari yordamida asoslangan;
ko‘p xususiyatli qoplamaning shovqinni kamaytirish xususiyati qoplama tarkibi va qalinligiga bog‘liqliligi tovush bosimi va chastotasini tahlili orqali aniqlangan;
ko‘p xususiyatli qoplamalarning vibratsiya xususiyatlarini ifodalovchi matematik model` haydovchi, ish o‘rni va asosga ta’sir qiluvchi kuchlar orqali yaratilgan va uning asosida differensial tenglamalar ishlab chiqilgan;
transport-texnologik mashinalar kabinasida vibratsiya darajasi hisoblash usuli Matlab dasturlash paketi yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ko‘p xususiyatli qoplama yordamida transport-texnologik mashinalar uzellari va kuzov qismlarining davriyligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eposiuretanni sintez qilish yordamida aniqlangan ko‘p xususiyatli qoplamalarning eng samarali tarkibi Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tasarrufidagi MAN CLA 26.280 va MAN CLA 18.280 transport-texnologik mashinalarda joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi»ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 03-3623/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat ostiga olingan MAN CLA 26.280 samosvalining yurish masofasi 8,35 ming km, MAN CLA 18.280 texnologik mashinasida mos ravishda yurish masofasi 4,8 ming km gacha oshirish, transport-texnologik mashinalarining metall yuzalarini korroziyadan samarali himoya qilish imkonini bergan;
ko‘p xususiyatli qoplamalarni qoplash bilan vibratsiya xossalarini belgilab beruvchi ishlab chiqilgan «manba-o‘rindiq-operator tanasi» matematik modeli va matematik model` asosidagi differensial tenglama hamda transport-texnologik mashinalar o‘rindiqlaridagi vibratsiya darajasini hisoblash uchun Matlab kompyuter dasturi paketi transport texnologik mashinalar ishlash davrini oshirishda joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi»ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 03-3623/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ko‘p xususiyatli qoplamani transport-texnologik mashinalarga qo‘llashda korroziyaga qarshi navbatdagi ishlov berish miqdorini 4 martaga kamaytirish, shovqinga ta’siri transport-texnologik mashinalar kabinasida 0, 20, 30 km/soat tezliklarida mos ravishda 9, 8, 7 dBAga kamaytirish, haydovchi ish o‘rnidagi vibratsiya amplitudasi, 20, 30, 40, 50 km/soat tezliklarda mos ravishda 0,02, 0,05, 0,1, 0,15 mm ga kamaytirish imkonini bergan.