Yaqubov Fazliddin Muxitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining tafakkur tarzini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1493,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbarlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shopulatov Abdimalik Nurullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukur Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlar doktori professor; Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining tafakkur tarzini rivojlantiruvchi mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining amaliy mashg‘ulot va musobaqa jarayonidagi “real vaziyatni baholash”, “tezkor qaror qabul qilish” ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun analitik fikrlash qobiliyatini tezkorlik jismoniy sifatiga moslashtirish hisobiga taktik tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining amaliy mashg‘ulot va musobaqa jarayonida “yakka”, “guruhli”, “jamoaviy” taktik harakat usullarini ratsional o‘zgartirish malakasini oshirishga qaratilgan “Sportda case-study” uslubini taktik tayyorgarlik jarayonining umumiy va maxsus qismlariga muvofiqlashtirish hisobiga taktik mahoratni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
zamonaviy pedagogik yondashuvlardan kelib chiqib bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida kreativ fikrlash, nostandart yondashish, ijodiy faollik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Sport semiotikasi”, “Sinergetik effekt” uslublarini ishlab chiqish hisobiga sport tayyorgarlik tizimini tashkil qilish uslubiyati takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida “shaxsiy mas’uliyat”, “o‘zaro hurmat”, “jamoaviy birdamlik” kabi axloqiy-irodaviy sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Valuesports” pedagogik uslubini ishlab chiqish hisobiga sportning axloqiy tarbiyaviy funksiyasini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining tafakkur tarzini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining analitik fikrlash qobiliyatini tezkorlik jismoniy sifatiga moslashtirish bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-son buyrug‘iga asosan 375-009 raqamli guvohnomasi). Natijada sportchi talabalarning real vaziyatni baholash, tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari 16,2% ga oshganligi aniqlangan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining yakka, guruhli, jamoaviy taktik harakat usullarini rivojlantirishga qaratilgan “Sportda case-study” uslubi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Futbol va qishki sport turlari”, “Yakkakurash” va “Sportni boshqarish” fakul`teti talabalarini o‘qitish jarayoniga tuzatishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2021 yil 3 martda berilgan 03-07-08-784-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchi talabalarning taktik harakat usullarini ratsional o‘zgartirish malakasi 32 % ga yaxshilangan;
sportchi talabalarning kreativlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Sport semiotikasi”, “Sinergetik effekt” uslublaridan foydalanish bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-son buyrug‘iga asosan 375-009 raqamli guvohnomasi). Natijada ushbu uslublar sportchi talabalarning kreativ fikrlash, nostandart yondashish kompetensiyalarini 15,8 % ga oshirishga imkon yaratgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida axloqiy-irodaviy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar Toshkent shahri Mirobod tumani 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabining murabbiylar malakasi va sportchilarni tayyorlash samaradorligini oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2021 yil 3 martda berilgan 03-07-08-784-son ma’lumotnomasi). Natijada murabbiylarning jamoaviy sport o‘yinlarini zamonaviy strategiyalar asosida tashkil qilish bo‘yicha bilimlari 18% ga, sport qadriyatlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari 15% ga rivojlangan.