Ganieva Sayyora Xurshitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘simlik homashyosiga asoslangan surkov materiallaridan oqilona foydalanishning ekologik jihatlari», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K427.
Ilmiy rahbar: Xamidov Bosit Nabievich, texnik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Kobiljon G‘ofurovich, texnik fanlari doktori; Axmedov Rovshan Karimovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atrof-muhitga ekologik xavfsiz bo‘lgan, fizik-kimyoviy va ekologik xususiyatlari yaxshilangan o‘simlik moylari asosida ekologik toza bioparchalanuvchi surkov kompozisiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta tiklanadigan hom ashyo manbalaridan bioparchalanadigan motor moylarining yangi kompozisiyalari olingan;
o‘simlik moylari bilan funksional qo‘ndirmalarning optimal nisbati aniqlangan;
olingan bioparchalanuvchi motor moylari mikroorganizmlar uchun ozuqaviy muhit ekanligi, ya’ni ekotizimning biotsenozini buzmasdan, ular tuproq ekotizimining ozuqaviy zanjiriga birikish mumkinligi asoslangan;
M-8G2Bk va M-8G2Bs bioparchalanuvchi motor moylarini maksimal quvvat rejimida ishlatilganda ishlab bo‘lgan gazlarning tutunliligi 1,3 martaga qisqarishi, neft asosidagi motor moyi bilan solishtirilganda, bunda NOx: 0,32% konsentratsiya nisbati 0,29%, 0,40%ga qarshi, ishlangan gazlar tarkibida SO ning miqdori bo‘yicha 0,065%, 0,045% va mos ravishda 0,085% bo‘lishi aniqlangan;
bioparchalanuvchi tajribaviy namunalar ekspluatatsiya va mineral moylariga qo‘ylayotgan zamonaviy talablariga javob berishi aniqlangan;
tajribaviy bioparchalanuvchi moylarning yaxshi surkov xususiyatlari, bioparchalanish, ekologikligi va toksikligining pastligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘simlik xomashyosi asosida surqov materiallaridan oqilona foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bioparchalanuvchi motor moylari kompozisiyalari olish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021yil 16 apreldagi 28-1-01/639-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan namunalar asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar, yuqori sifat xususiyatlar va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga javob berish imkonini beradi;
qayta tiklanadigan xom ashyo manbaidan olingan M-8G2Bk i M-8G2Bs bioparchalanuvchi motor moylarining yangi namunalari Buxoro viloyat «Agrosanoat Hosil Servis» fermer xo‘jaligi texnikalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021yil 7 iyuldagi 01-01/2-412–son ma’lumotnomasi). Natijada, M-8G2Bk va M-8G2Bs bioparchalanuvchi motor moylarini maksimal quvvat rejimida ishlatilgandagi chiqindi gazlarning 1,3 marotaba kamayish imkonini bergan.