Sultonov Ulug‘bek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy xizmatga qabul qilishda kasbiy motivlarning psixologik omillari”,  19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P245.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Xaydarov Fazliddin Ikramovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy xizmatga qabul qilishda kasbiy motivlarning psixologik omillarini aniqlashning uslubiy jihatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchi jamoaga moslashuv jarayonida ruhiy tushkunlikka tushishi tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasbiy motivning shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi deviant xulq va autizmning oldini olishda moslashuvchanlik, sabr-bardoshlilik, ijtimoiy faollik yetakchi psixologik xususiyatlar ekanligi aniqlangan;
yosh askarda ilk bor qurol-yarog‘ bilan muomala vaqtida psixik qo‘rquvning yuqoriligi jangovar tayyorgarlikni ruhiy zo‘riqishlarsiz bajarishiga to‘sqinlik qilishi aniqlanib, askarning o‘z-o‘ziga ishonch kasbiy motivini kuchaytirish orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchni bosqichma-bosqich oshirib borish mumkinligi asoslangan;
qo‘shin turlari bir-biridan farq qilishi tufayli psixologik xususiyatlarni aniqlashning uslubiy ta’minoti psixologik barqaror zamonaviy harbiy kadrlar zahirasini yaratishga imkon beruvchi kasbiy motivning mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik va shijoatlilik kabi psixologik sifatlari orqali takomillashtirilgan;
harbiy xizmatga qabul qilishda harbiy kasbiy motivlarni aks ettiruvchi “irodaviy quvvatning yuqoriligi”, “bilish motivining ijobiyligi”, “jangovar topshiriqlarga chidamliligi” va “ijtimoiy faolligi” kabi psixologik mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy xizmatga qabul qilishda kasbiy motivlarning psixologik omillari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
harbiy xizmatga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchi jamoaga moslashuv jarayonida ruhiy tushkunlikka tushishi tufayli kasbiy motivning shakllanishiga to‘sqinlik qiladigan diviant xulq va autizmni oldini olish uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2021 yil 19 apreldagi 1/1497-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bo‘lajak harbiy xizmatchilarda o‘quv va kasbiy jarayonlarga tayyorgarlik darajasini aniqlashga erishilgan;
harbiy kasbning asosiy sohasi “inson-texnika” turkumiga kirganligi uchun yosh askar ilk bor qurol-yarog‘ bilan muomala vaqtida psixik qo‘rquvning yuqoriligi aniqlanib jangovar tayyorgarlikni ruhiy zo‘riqishlarsiz bajarishda o‘z-o‘ziga ishonch kasbiy motivini aniqlashning ilmiy asoslari o‘quv-jangovar mashg‘ulotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2021 yil 19 apreldagi 1/1497-son ma’lumotnomasi). Bu esa, harbiy qism va muassasa harbiy psixologlar faoliyatining metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qilgan;
qo‘shin turlari bir-biridan farq qilishi tufayli psixologik xususiyatlarni aniqlashning uslubiy ta’minoti kasbiy motivni shakllanishiga imkon beruvchi vatanparvarlik, ma’suliyatlilik, diqatlilik, qat’iyatlilik, shijoatlilik psixologik sifatlari orqali takomillashtirilganligi harbiy qism va muassasalardagi “Psixologik xizmat” faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2021 yil 19 apreldagi 1/1497-son ma’lumotnomasi). Bu esa, harbiy qism va muassasalardagi “Psixologik xizmat”ning ilmiy-uslubiy ta’minotini yanada kuchayishiga sabab bo‘lgan;
harbiy xizmatga qabul qilishda harbiy kasbiy motivlarni aks ettiruvchi “irodaviy quvvatning yuqoriligi”, “bilish motivining ijobiyligi”, “jangovar topshiriqlarga chidamliligi” va “ijtimoiy faolligi” kabi psixologik mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida nomzodlarni kasbiy saralab olish tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining 2021 yil 19 apreldagi 1/1497-son ma’lumotnomasi). Natijada, nomzodlarni harbiy xizmatga qabul qilishning ilmiy-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish