Choriev Faxriddin Abdug‘opporovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda kreativ tafakkur diagnostikasi”, 19.00.01-Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P108.
Ilmiy rahbar: G‘oziev Ergash G‘ozievich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Lutfullo Sayfullaevich, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent; Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda kreativ tafakkur diagnostikasini amalga oshirishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Ilmiy tadqiqotning yangiligi:
boshlang‘ich kurs talabalarida mantiqiy tafakkurni shakllantirish uchun ilk bor kreativ tafakkur diagnostikasining rivojlanganlik darajasi aniqlangan holda operativ xotirani intensivligini oshirishga imkon beruvchi moslashuvchanlik, aniqlik va tezkorlik xususiyatlari talabalar o‘quv motivatsiyasida yetakchi psixologik omil ekanligi asoslangan;
talabalar o‘quv faoliyatida ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirish uchun kreativ tafakkurning uslubiy komponentlarini o‘quv-mashg‘ulot mazmunini to‘laqonli o‘zlashtirishga yordam beruvchi realistik, simvolli, belgili va obrazli tiplar orqali shakllantirish mumkinligi dalillangangan;
talabalarda o‘quv mashg‘ulotlarni samarali o‘zlashtirish uchun kreativ tafakkur faoliyatini rivojlantirishda tafakkur operatsiyalarining originallik, semantiklik va qayishqoqlik xususiyatlari asosiy psixologik tiplar ekanligi isbotlangan;
ilk bor talabalarning soha yo‘nalishlaridan kelib chiqib aqliy fikrlashni rivojlantirishga imkon beruvchi kreativ tafakkur modelini refleksivlik, sotsiallik, izlanuvchanlik va assotsativlik xususiyatlari asosida shakllantirish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kreativ tafakkuri diagnostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich kurs talabalarida mantiqiy tafakkurni shakllantirish uchun ilk bor kreativ tafakkur diagnostikasining rivojlanganlik darajasi aniqlangan holda operativ xotirani intensivligini oshirishga imkon beruvchi moslashuvchanlik, aniqlik va tezkorlik xususiyatlari yetakchi psixologik omil ekanligi asoslangan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 22 avgustdagi P-M 4-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 22 avgust P-M-4-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishiga erishilgan;
talabalar o‘quv faoliyatida ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirish uchun kreativ tafakkurning uslubiy komponentlari realistik, simvolli, belgili va obrazli tiplar orqali shakllantirish dalillangangan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 22 avgustdagi P-M 4-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 22 avgustdagi P-M-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, har tomonlama etuk, barkamol avlodni raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ilmiy – metodik ta’minotining boyitilishiga erishilgan;
talabalarda o‘quv mashg‘ulotlarni samarali o‘zlashtirish uchun kreativ tafakkur faoliyatini rivojlantirishda originallik, semantiklik va qayishqoqlik xususiyatlari asosiy psixologik tiplar ekanligi isbotlangan samarali uslublari Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 22 avgustdagi 4-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Kasb psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 22 avgustdagi P-M-4-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba yoshlarni etuk mutaxassis sifatida shakllanishi va kadrlarzaxirasini shakllantirishga xizmat qilgan;
ilk bor talabalarning soha yo‘nalishlaridan kelib chiqib aqliy fikrlashni rivojlantirishga imkon beruvchi kreativ tafakkur modelini refleksivlik, sotsiallik, izlanuvchanlik va assotsativlik xususiyatlari asosida shakllantirish isbotlangan psixologik mezonlari Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 22 avgustdagi 4-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Kasb psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 22 avgustdagi P-M-4-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba yoshlar faolligini rivojlantirish buyicha profilaktika ishlari kuchaytirilgan.