Abdullaev Kudratilla Mirzatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki ishlar organlari rahbarlarini tanlashning ijtimoiy-psixologik asoslari”, 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P128.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Agzamova Elena Yur`evna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zR IIV organlari rahbarlarini samarali tanlovini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik dastur ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar idoralari rahbarlarining xizmat faoliyatida fuqarolar bilan sog‘lom psixologik munosabatlarni o‘rnatish uchun rahbar shaxsning psixologik ustunligini ta’minlashga imkon beruvchi shaxslararo munosabatda liderlik, ijtimoiy faollik, vazminlik, keskin vaziyatlarda tez va aniq qaror qabul qilish yetakchi psixologik omillar ekanligi isbotlangan;
ichki ishlar rahbarlarida psixologik etuklikni rivojlantirish uchun rahbar va bo‘ysinuvchi munosabatida barqaror ijtimoiy-psixologik boshqaruvni ta’minlashga imkon beruvchi shaxsning xushyorlik, diqqatlilik, sezgirlik va ijtimoiy faollik xususiyatlari muhim kasbiy-psixologik sifatlar ekanligi dalillangan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyatida rahbar kadrlarni psixologik xususiyatlarini rivojlantirish moduli zamonaviy rahbar shaxsini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi shijoatlilik, jismoniy etuklik va qo‘rquvni engib o‘tish psixologik xususiyatlari orqali takomillashtirilgan;
ichki ishlar organi xodimlarini rahbarlik lavozimiga psixologik jihatdan to‘g‘ri tayinlash maqsadida rahbar shaxsning maxsus kasbiy sifatlarini aniqlashga imkon beruvchi “yetakchilikka intilish”, “ekstremal vaziyatlarga bardoshlilik” va “o‘z-o‘ziga ishonch” psixologik omillari orqali professiografik mezon ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki ishlar organlari rahbarlarini tanlashning ijtimoiy-psixologik asoslari yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ichki ishlar idoralari rahbarlarining xizmat faoliyatida fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarda ijtimoiy yetakchilikka erishish uchun shaxslararo munosabatda liderlik va ijtimoiy faollik, vazminlik, keskin vaziyatlarda tez va aniq qaror qabul qilish yetakchi psixologik omillar o‘zaro hamohang rivojlanib borishi to‘g‘risidagi takliflari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-3b-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil
19 apreldagi PM-3b-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar rahbarlarida psixologik etuklikni rivojlantirish uchun rahbar shaxsda boshqaruv psixologiyasini xushyorlik, diqqatlilik, sezgirlik va ijtimoiy faollik xususiyatlari muhim kasbiy-psixologik sifatlar dalillanganganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-3b-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-3b-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar kadrlar komponentlarini shakllantiruvchi sifatlar Markazning ilmiy-amaliy ta’minotini kuchaytirgan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyatda rahbar kadrlarni psixologik xususiyatlarini rivojlantirish moduli liderlik, shijoatlilik, jismoniy etuklik, qo‘rquvni engib o‘tish kabi psixologik omillar orqali takomillashtirilganligi Toshkent davlat Pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil
11 iyundagi 6-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan “Shaxslararo psixologiya” kursini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-3b-son ma’lumotnomasi). Natijada soha vakillarida ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish bo‘yicha profilaktika ishlarini tashkil etishning namunaviy rejasi ishlab chiqilgan;
ichki ishlar organi xodimlarini rahbarlik lavozimiga tayinlashda ijobiy kasbiy sifatlarini rivojlanishida yetakchilikka intilish, matonatlilik, ma’suliyatlilik va o‘z-o‘ziga ishonch psixologik omillari orqali professiografik psixologik dasturi asosida tayyorlangan uslubiy ko‘rsatmalari Toshkent davlat Pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-3b-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan “Kasb psixologiyasi” moduli majmuasiga singdirilgan hamda Vazirlik tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanayotgan nomzodlarni kasbiy muhim-ijtimoiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-3b-son ma’lumotnomasi; O‘zR IIV kadrlar bosh boshqarmasining 2020 yil 19 oktyabrdagi 2/3475/5-2 son mu’lumotnomasi). Natijada bu psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan sifatli psixologik metodika va tavsifnomalarni tuzishga xizmat qilgan.