Usmonova Shahodat Abdurahimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mediadiskursda gazeta tili tendensiyalari (o‘zbek va ingliz tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1238,
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudayqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida gazeta-publisistikasida standartlik va ekspressivlik tendensiyalarining diskursiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediamatnning diskursiv tahlili doirasida gazeta matni standartlik tendensiyasining axboriy va tahliliy janrlarda klishe va shtamplardan yuqori darajada foydalanishga bog‘liqligi, o‘zbek va ingliz gazetalaridagi voqealar rivoji ularning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda yoritilishi va bu jarayonda ijtimoiy-siyosiy leksika va professiona-lizmlarni shtamplar qatoriga kiritish qo‘llanilish chastotasi bilan belgilanishi asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillarida matnning diskursiv aspekti axboriy-kommunikativ hamda til me’yorlariga muvofiq holda ma’lum bir kontekstda standartlashgan so‘z birikmalarining so‘z turkumlari doirasida yasalish modellarining o‘zbek tilida ot+fe’l, sifat+ot birikuvi, ingliz tilida esa verb+preposition+noun, adjective+noun, verb+article+noun sermahsul birikuvida amalga oshirilishi isbotlangan;
gazeta matnlarida kirish so‘zlardan foydalanish janr spesifikasi bilan bog‘liqligi, xususan bu ko‘rsatkich o‘zbek gazetalarida axboriy (standart matnlar) va badiiy-publisistik janrlarida, ingliz gazeta matnlarida esa kirish so‘zlarning qo‘llanilish darajasi tahliliy janr materiallarida yuqori ekanligi aniqlangan;
turli metaforik guruhlar (harbiy, sport, tibbiy, teatr va kino san’atiga oid so‘zlardan iborat metafora)ga oid so‘z va so‘z birikmalarining ham o‘zbek, ham ingliz gazeta matnlarida qo‘llanilishi mutanosib ekanligi hamda zamonaviy o‘zbek va ingliz tillaridagi gazeta matnida kuzatilayotgan antistandartlik va antiekspressivlik hodisasi uslubiy prinsipga bo‘ysunishi va antiekspressivlik hodisasi o‘zbek gazeta matnlarida, antistandartlik hodisasi esa ingliz gazeta matnlarida ustun ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Mediadiskursda gazeta tili tendensiyalari (o‘zbek va ingliz tillari misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari asosida:
mediamatnning diskursiv tahlili doirasida gazeta matnining standartlik tendensiyasi jumladan, axboriy va tahliliy janrlarda klishe va shtamplardan yuqori darajada foydalanishga bog‘liqligi, o‘zbek va ingliz gazetalaridagi voqealar rivoji ularning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda yoritilishi va bu jarayonda ijtimoiy-siyosiy leksika va professionalizmlarni shtamplar qatoriga kiritish ularning qo‘llanilish chastotasi bilan belgilanishiga asoslanishi kabi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan nashr qilingan jurnalistika sohasida 10 tomlik qo‘llanmaning «Medialingvistika va tahrir» nomli kitobi 3-jildida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021 yil 27 yanvardagi 05/2-365-son ma’lumotnomasi). Natijada media tilining zamonaviy tendensiyalari, xususan standartlik va ekspressivlikni o‘zida ifoda etgan misollar, mediamatnning diskursiv tahlili bo‘yicha amalga oshirilgan tahlillar mazkur manbani yaratishda ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida matnning diskursiv tahlili axboriy-kommunikativ hamda til me’yorlariga muvofiq amalga oshirilishi va til vositalarini tanlash kommunikativ jarayon bilan bog‘liqligi, standartlashgan so‘z birikmalarining so‘z turkumlari doirasida yasalish modellarining tahlili o‘zbek tilida ot+fe’l, sifat+ot birikuvi, ingliz tilida esa verb+preposition+noun, adjective+noun, verb+article+noun birikuvi sermahsul ekanligini ifodalovchi yondashuvlar va amaliy takliflar Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan amalga oshirilgan I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 27 maydagi 1156/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi loyiha doirasida yaratilgan darslik, o‘quv-uslubiy majmua, uslubiy qo‘llanma, virtual resurslarni eng so‘nggi ma’lumotlar va adabiyotlar bilan boyitishda muhim asos bo‘lgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi gazeta matnlarida kirish so‘zlardan foydalanish gazeta janr spesifikasi bilan bog‘liqligi, o‘zbek gazetalarida bu ko‘rsatkich axboriy (standart matnlar) va badiiy-publisistik janrlarda keng qo‘llanilishi bilan ahamiyatli ekanligi, ingliz gazeta matnlarida kirish so‘zlarning qo‘llanilish darajasi tahliliy janr materiallarida yuqori ekanligi singari tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy innovatsion markazi tinglovchilari uchun «Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)» ta’lim yo‘nalishi 3.1. Kommunikativ tilshunoslik va til kompetensiyalari modulini o‘qitishda hamda «Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishida 3.5. «Tarjimaning lingvistik va ekstralingvistik tahlili» modullari bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 2 fevraldagi 10-06/06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualar markaz tinglovchilarining tarjimashunoslik va kommunikativ tilshunoslik modullarining integratsiyalashuvining ahamiyati, gazeta tilining zamonaviy tendensiyalari asosida matn tuzish xususiyatlari, matnning diskursiv tasnifi borasidagi bilimlarini yanada oshirishga bevosita xizmat qilgan;
turli metaforik guruhlar (harbiy, sport, tibbiy, teatr va kino san’atiga oid so‘zlardan iborat metafora)ga oid so‘z va so‘z birikmalarining ham o‘zbek, ham ingliz gazeta matnlarida qo‘llanilishi mutanosib ekanligi hamda zamonaviy o‘zbek va ingliz tillaridagi gazeta matnida kuzatilayotgan antistandartlik va antiekspressivlik hodisasi uslubiy prinsipga bo‘ysunishi va antiekspressivlik hodisasi o‘zbek gazeta matnlarida, antistandartlik hodisasi esa ingliz gazeta matnlarida ustun ekanligi haqidagi ilmiy natijalardan Toshkent shahridagi Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarida foydalanilgan (Toshkent shahridagi Lal Bahodur Shastri nomli Hind madaniyat markazining 2021 yil 23 avgustdagi 35-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi orqali o‘quv adabiyotlarini yaratishda matn tuzish va unga uslubiy hamda obrazli baho berishda zamonaviy gazeta tilining standartlik va ekspressivlik tendensiyalarining o‘rni muhimligi, trop va figuralardan foydalanish matnning ekspressivligini oshirishda va ommaviy auditoriyani keng jalb qilishda o‘ziga xos vazifani bajarishi ko‘rsatib o‘tilgan.