Turekeeva Al`fiya Jienbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i): “Malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped928.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ne’matov Shuhrat Ergashovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari qat’iy intizomlilik, muloqotchanlik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga erishishga harakatchanlik va mustaqillik kabi sifatlarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan modulli ta’limning tayanch nuqtasi hisoblangan analitik-refleksiv faoliyatning intellektual-pedagogik kompetensiya bilan internal tarzda namoyon bo‘lishining daraja (kritik, maqbul, ijobiy) tavsifini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
malaka oshirish tizimini takomillashtirishning kasbiy malaka xaritasini tuzish, pedagogning reyting daftarchasini yuritish, individual ta’lim traektoriyasini belgilash, malaka oshirishning bilvosita va muqobil shakllarini amalga oshirish, andragogik va vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga doir ustuvor yo‘nalishlari yangi Renessans pedagogikasining ijtimoiy moslashuv va mobillik, shaxsiy hayotiy tajribaga asoslangan vitagen ta’lim kabi talablarini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishning benchmarkingga asoslangan modeli “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga  qo‘yiladigan  malaka  talablari”ni “hayot davomida ta’lim olish” paradigmasi va o‘qituvchilarning davriy kasbiy rivojlanishidan doimiy uzluksiz ta’limga o‘tish jarayonlari bilan intensiv qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishning tashkiliy, didaktik va akmeologik mexanizmlari affilyativ motivatsiyani tarkib toptirish va kreativ muhitning yaxlitlik, integrallik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tayyorgarlik, axborot almashish, refleksiya bosqichlariga muvofiq keluvchi qisqa muddatli kurslar va davriy seminarlar (workshop) ning tadqiqiy-pedagogik (teacher research) va produktogenlik darajasi differensiyaviy adaptivligini oshirib borish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimi qat’iy intizomlilik, muloqotchanlik, o‘z-o‘zini rivojlantirishgi erishishga harakatchanlik va mustaqillik kabi sifatlarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan, pedagogning malakasi darajasi va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olish ta’minlangan xorijiy tajribaning ustuvor jihatlarini taqozo etishini empirik jihatdan asoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tayanch o‘quv yurtlarini belgilash” bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 02-02/3-1042-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish tizimini kooperativlik asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida malaka oshirish tizimini takomillashtirishning kasbiy malaka xaritasini tuzish, pedagogning reyting daftarchasini yuritish, individual ta’lim traektoriyasini belgilash, malaka oshirishning bilvosita va muqobil shakllarini amalga oshirish, andragogik va vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga doir ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish, malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishning benchmarkingga asoslangan modelini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari mazmuni, sifati va tinglovchilarning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 02-02/3-1042-son ma’lumotnomasi). Natijada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida malaka oshirish jarayonlari mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishning tashkiliy, didaktik va akmeologik mexanizmlarini affilyativ motivatsiyani tarkib toptirish va kreativ muhitning yaxlitlik, integrallik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tayyorgarlik, axborot almashish, refleksiya bosqichlariga muvofiq keluvchi qisqa muddatli kurslarning elektivlik darajasini oshirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I1-XT-0-11142 raqamli “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yo‘nalishlarini joriy etish” (2015-2016 yy) innovatsion loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4507-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimining andragogik ta’lim talablariga muvofiq keluvchi innovatsion mexanizmini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish