Abdulxay Gulchexra Urazalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tarixshunosligida Turkiston ASSR tarixini o‘rganish muammolari va yondashuvlardagi o‘zgarishlar (1918-2020 yillar)”. 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/Tar.218.
Ilmiy rahbar: Mustafaeva Nodira Abdullaevna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor, tarix fanlari doktori, professor; Choriev Sherzod, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston ASSRda kechgan siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy jarayonlarga oid qarashlar va yondashuvlar, ularning o‘zgarib borish tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1918 yilda o‘lkada milliy nizolar kuchayishini oldini olish maqsadida bol`sheviklar hukumati sovet tipidagi avtonomiyani taklif etganligi, ular tomonidan yangi davlat Turkiston ASSRni tashkil etish jarayoni, ayniqsa uning nomlanishi, jumladan “Turkiston Sovet Federativ Respublikasi”, “Turkiston Sovet Respublikasi”, “Turkiston Sovet Avtonom Respublikasi” kabi nomlar xususida davr matbuotida kechgan keskin bahs va munozaralarda majburiy “targ‘ibot” usuli qo‘llanilganligi isbotlangan;
Turkiston ASSRda qabul qilingan ko‘plab qonun va qarorlar Butunrossiya hujjatlarining nusxasi bo‘lganligi, ularda mahalliy xususiyat inobatga olinmaganligi, davlatni “sinfiy boshqarish” mexanizmida aholi “boy va yo‘qsillar” toifasiga ajratilganligi dalillangan;
sovet davri adabiyotlarida o‘lkada kechgan jarayonlarda bol`sheviklarga “taqdim etgan siyosiy erkinlik”, “og‘alarcha baynalmilal yordam”, “kommunistik partiyaning fidokor va dono siyosati” kabi baholar berilgani, asl mohiyatida esa bu mustabid xususiyat kasb etganligi dalillangan;
Turkiston ASSR birinchi Konstitusiyasining o‘zbek tilidagi matni (arab alifbosida) “Ishtirokiyun” gazetasining 1918 yil oktyabr`-noyabr` sonlarida e’lon qilinganligi aniqlangan va bu jarayon aslida dunyo hamjamiyatiga sovet hukumati “milliy siyosati”ning baynalmilal xususiyatini namoyon qilishdagi “sun’iy harakat”i bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tarixshunosligida Turkiston ASSR tarixini o‘rganish muammolari va konseptual o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
“Ishtirokiyun” gazetasining 1918 yil oktyabr`-noyabr` sonlarida Turkiston ASSR ilk Konstitusiyasining o‘zbek tili (arab alifbosi)dagi ilgari ma’lum bo‘lmagan matni aniqlanganligi va bugungi kungacha fanda mavjud bo‘lgan “konstitusiya faqat rus tilida jamoatchilikka taqdim etilgan” degan fikrlar asossiz ekanligi shuningdek, mazkur konstitusiya loyihasini ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan komissiyaning “faoliyatsiz”ligi tufayli Butunrossiya Konstitusiyasining nusxasiga aylanib qolganligi, xususan, erning xususiy mulk sifatida bekor qilinganligi, siyosiy huquqlar aholining ma’lum bir toifalariga yo‘naltirilganligi, aholining “boy va yo‘qsillar”ga ajratilganligi, aynan shu jihatlar bilan Xorazm va Buxoro XSR konstitusiyalaridan farq qilganligiga oid ilmiy xulosalardan Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini boyitishda (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 01-12-10-4867-son ma’lumotnomasi), OT-F1-132 raqamli “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi tarixshunosligi: nazariyasi va shakllanishining tarixiy bosqichlari” nomli fundamental loyiha foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 7 iyuldagi 3/1255-1984-son ma’lumotnomasi). Natijada Turkiston ASSRning birinchi Konstitusiyasining tarixiy ahamiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
1918-1924 yillarda nashr etilgan davriy matbuot materiallari orqali Turkiston ASSRning tashkil topishi, davlat tuzilmasi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohadagi jarayonlariga doir ilmiy xulosalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” ko‘rsatuvi, “Tarixiy savol” tok-shousini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2020 yil 1 iyuldagi 02-40-700-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston davlatchiligi tarixida 1918-1924 yillarda mavjud bo‘lgan Turkiston ASSRning faoliyati borasidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazib berishga xizmat qilgan.