Anarkulov Sayfiddin Muhitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent vohasi sanoat shaharlarida ijtimoiy-madaniy jarayonlar”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar506.
Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Mansurov Ulug‘bek Umarovich, tarix fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent vohasi sanoat shaharlarida XX asrning 30-40-yillaridan to bugungi kungacha bo‘lgan davrda ro‘y bergan ijtimoiy-madaniy jarayonlarning xususiyatlarini etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati sanoat shaharlari aholisining shakllanishi va etnik tarkibidagi asosiy o‘zgarishlar uch bosqich (XX asrning 30-40-yillari, 50-80-yillari va 90-yillari)da ro‘y berganligi dalillangan;
sovet davrida aholi turmush tarzining tor doiradagi sanoat tarmog‘iga qat’iy bog‘lanishi tufayli 1990-yillarga kelib Angren, Olmaliq, Chirchiq kabi shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti izdan chiqqanligi, uning oqibatida kishilarni mazkur hududni tark etishi hamda depopulyasiya jarayonlari ro‘y berganligi asoslangan;
sanoat shaharlarida yashovchi turli millatlar turmush tarzi va madaniyatidagi trannsformatsion jarayonlar “shahar madaniyatining magnit maydoni”, “zamonaviy shahar – an’analar paydo qiluvchi makon” kabi yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan;
polietnik sanoat shaharlari aholisining marosimlarida turli diniy konfessiyalar va etnoslararo barqaror munosabatlar bo‘lib, shaharliklar orasida etnoslararo aralash nikohlar yetakchilik qilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati sanoat markazlari aholisining zamonaviy shahar muhitiga ijtimoiy-madaniy moslashuvi yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq kabi shaharlarda istiqomat qilayotgan turli millat, din vakillarining o‘zaro hamjihatligi, do‘stona aloqalarining zamirida yotgan omillar, sanoat markazlari aholisida mavjud jamoaviy ruhning shakllanishida rol` o‘ynayotgan muhim jihatlariga doir dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan 2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 6 avgustdagi 14-07-1538-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar sanoat shaharlarida yashayotgan aholining etnik tarkibdagi o‘zgarishlarni aniqlashga, shuningdek, ularning turmush tarzidagi madaniy o‘ziga xosliklarni ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;
zamonaviy shahar tushunchasi bilan bog‘liq nazariy-metodologik qarashlarning mohiyati, bugungi kun zamonaviy shahar maqomiga qo‘yilayotgan talablardagi o‘zgarishlarni o‘rganishga oid tadqiqotlar tahlili bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 12 yanvardagi 02-10-36-son ma’lumotnomasi). “Taqdimot”da ilgari surilgan sanoat shaharlari aholisining o‘ziga xos etnomadaniyati jamiyat birligini ta’minlovchi muhim omili ekanligi xususidagi g‘oyalar, respublikamizda etnoslararo munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.