Kaxarov Baxadir Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida edirilishga chidamli kompozision polimer materiallar va buyumlar olish texnologiyasini yaratish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Materiallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Nodir, noyob va radioaktiv elementlar texnologiyasi va 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1811.
Ilmiy rahbarlar: Ibadullaev Axmadjon Sabirovich, texnika fanlari doktori, professor; Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSs 15/27.02.2020.T.73.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Babaxanova Muxida Gulyamovna texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxalliy xomashyolar asosida transport sistemalari uchun eyilishga, issiqqa va sovuqqa bardoshli rezinotexnika buyumlari olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy tabiiy va ikkilamchi, organik va noorganik xomashyolarning fizik-kimyoviy va strukturaviy xossalarini o‘rganish asosida, transport sistemalari uchun edirilishga, issiqqa va sovuqqa bardoshli rezinotexnika buyumlari olish mumkinligi ilmiy va amaliy asoslangan; 
mahalliy xomashyolarning fizik-kimyoviy xossalari va strukturasi asosida er usti va osti, havo va suv transportlari uchun edirilishga, issiqqa va sovuqqa bardoshli, armirlangan va armirlanmagan rezinotexnika buyumlarining tarkibi ishlab chiqilgan;
yukorimolekulali birikmalar turi va miqdori, ingredientlar strukturasi va miqdori, ishlatilish ketma-ketligi, tayyorlash vaqti, temperaturasi va bosimini yaratilgan kompozisiyaning texnologik xossalariga ta’siri plastometrik va viskozometrik, usullar yordamida aniqlangan;
yukorimolekulali birikmalar turi va miqdori, ingredientlar strukturasi va miqdori, ishlatilish ketma-ketligi, tayyorlash vaqti, temperaturasi va bosimini yaratilgan kompozisiyaning fizik-mexanik, dinamik, ekspluatatsion xossalariga ta’siri, ularni edirilishga, issiqqa, sovuqqa bardoshligi asosida asoslangan;
mahalliy tabiiy va ikkilamchi, organik va noorganik xomashyolar fizik-kimyoviy va strukturaviy xossalari va ularni aralashtirish ketma-ketligi asosida transport sistemalari uchun  edirilishga, issiqqa, sovuqqa bardoshli armirlangan kompozisiya va rezinotexnika buyumlarini olish tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida transport sistemalari uchun edirilishga, issiqqa, sovuqqa bardoshli rezinotexnika buyumlari olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida transport sistemalari uchun edirilishga, issiqqa va sovuqqa bardoshli buyumlar olish tarkibi «Quyuv-mexanika zavodi» ShKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2021 yil 30 avgustdagi 01/3004-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan kompozisiyalari va ular asosida transport sistemalari uchun edirilishga, issiqqa va sovuqqa bardoshli buyumlar ishlab chiqish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida transport sistemalari uchun edirilishga, issiqqa va sovuqqa bardoshli buyumlar olish texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» ShKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2021 yil 30 avgustdagi 01/3004-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan kompozisiyalari va ular asosida transportlar uchun edirilishga, issiqqa va sovuqqa bardoshli buyumlar ishlab chiqishni 35% oshirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekistil buyumlari olish tarkibi va texnologiyalari «NKMK» DKning rezinotexnika buyumlari ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2021 yil 30 avgustdagi 01/3004-son ma’lumotnomasi). Natijada qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekistil buyumlari ishlab chiqarish miqdorini 33% oshirish va tan narxini 28% kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish