Bratova (Kakadjanova) Leyla Reshitovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Funksiyalar sinfi bilan indekslangan empirik o‘lchovlarning asimptotik xossalari», 01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/FM228
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zRFA Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarlar: Abdushukurov Abduraxim Axmedovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Raximov Abdug‘ofur Abdumajidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sagidullaev Kalmurza Saparbaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘liqsizlikning empirik va ketma-ket empirik protsesslarni, to‘liq bo‘lmagan kuzatuvlar asosida tuzilgan ketma-ket integral empirik protsesslarni o‘rganish, hamda ular uchun indekslash sinflari bo‘yicha tekis katta sonlar qonunlari va o‘sib borayotgan hajmda markaziy limit teoremalar isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mos ravishda normallashtirilgan indikatorlar sinfi bo‘yicha indekslangan bog‘liqsizlikning empirik protsesslarining Broun ko‘priklari ketma-ketligi bilan kuchli approksimatsiya natijasi isbotlangan;
deterministik va tasodifiy xajmli tanlama uchun o‘lchovli funksiyalar sinfi bilan indekslangan bog‘liqsizlikning empirik protsesslari uchun indekslash sinfidagi tekis katta sonlar qonuni, kuchaytirilgan katta sonlar qonuni va markaziy limit teoremalari variantlari isbotlangan;
indeksatsiya sinfi bo‘yicha bog‘liqsizlikning ketma-ket integral empirik protsess uchun tekis markaziy limit teorema isbotlangan;
o‘ng tomondan senzurlangan kuzatishlar asosida tuzilgan ketma-ket integral empirik protsesslar uchun tekis kuchaytirilgan katta sonlar qonuni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Funksiyalar sinfi bilan indekslangan empirik o‘lchovlarning asimptotik xossalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘ng tomondan senzurlangan kuzatishlar asosida tuzilgan ketma-ket integral empirik protsesslar uchun tekis kuchaytirilgan katta sonlar qonunidan YoOT-FTEX-2018-154 raqamli “Zd panjaralarida va Gk Keli daraxtlarida gamil`tonianlar spektrlari va Gibbs o‘lchovlari” mavzusidagi fundamental loyihada Gibbs o‘lchovlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 28 oktyabrdagi №04/11-6835-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi to‘liq bo‘lmagan statistik tanlanmalarning o‘ng tomondan tasodifiy senzurlanish modelida Koziol-Grinning proporsional intensivliklar xususiy modelining o‘rinli bo‘lishini aniqlash imkonini bergan;
deterministik va tasodifiy xajmli tanlama uchun o‘lchovli funksiyalar sinfi bilan indekslangan bog‘liqsizlikning empirik protsesslari uchun indekslash sinfidagi markaziy limit teoremasi variantidan “APEX LIFE” AJ sug‘urta kompaniyasida baxtsiz hodisalar va yuqumli kasalliklardan sug‘urtalanish uchun tarif stavkalari qiymatlarini hisoblashda foydalanilgan (“APEX LIFE” AJ Sug‘urta Kompaniyasi 2021 yil 15 iyul №ALI-01/0548-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi 1-klass baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanish, hamda 2-klass yuqumli kasalliklardan sug‘urtalanish bo‘yicha sug‘urta mahsulotlari uchun tarif stavkalari qiymatlarini hisoblashda, sug‘urta mahsulotlari narxini baholashda xavflarni tahlil qilish imkonini bergan.