Xomidov Faxriddin G‘afurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ishqoriy-er metallari alyuminatlarining zol`-gel` sintezi, pishish jarayonidagi faza hosil bo‘lishning kinetikasi va mexanizmi», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K408.
Ilmiy rahbar: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kasimova Go‘zal Anvarovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishqoriy-er metallari alyuminatlarining zol`-gel` sintezi, pishish jarayonidagi faza hosil bo‘lishning kinetikasi va mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zol`-gel` usuli bilan alyumomagnezial` shpinel` va kal`siy monoalyuminatini past haroratda sintez qilishda glinozyomtarkibli chiqindini ishlatish imkoniyatlari asoslangan;
magniy va kal`siy monoalyuminatlari sinteziga magniy, kal`siy, tuzlari va gidroksidlari, glinozyomtarkibli chiqindilarining ta’siri, hamda 500-1000oS harorat oralig‘idagi kuydirish jarayonida kristall faza hosil bo‘lish kinetikasi va mexanizmlari aniqlangan;
1,5% miqdorda legirlovchi evropiy oksididan foydalanib, magniy monoalyuminatining pishish haroratini 1000°C dan 900°C gacha oxirgi kuydirish haroratini 4 soat ushlab turish bilan, hamda 1000°S haroratda pishadigan kal`siy monoalyuminatining ushlab turish vaqtini 4 soatdan 1 soatgacha kamayishi isbotlangan;
1000oS haroratda sintez qilingan MgAl2O4-CaAl2O4 binar sistemasida Mg2+ va Ca2+ kationlarini izomorf almashinish mexanizmlari hamda «MgAl2O4 - CaAl2O4 - mikrokremnezyom» uchlamchi sistemasida yuqori haroratda qattiq eritmalar hosil bo‘lish qonuniyatlari va sintez qilishning maqbul parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zol`-gel` usuli bilan ishqoriy-er metallari alyuminatlarining sintezi, pishish jarayonidagi faza hosil bo‘lish kinetikasi va mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
glinozyomtarkibli chiqindi, magniy, kal`siy tuzlari va gidroksidlaridan foydalanib ishqoriy-er alyuminatlarini past haroratda pishish jarayonidagi faza hosil bo‘lish kinetikasi va mexanizmlari bo‘yicha olingan natijalaridan №P3-20170920189 «Noruda xomashyo va ikkilamchi resurslarni kompleks qayta ishlash yo‘li bilan issiqlikni himoyalovchi - olovbardosh va keramika materiallarining import o‘rnini bosuvchi tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihasida qiyosiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 4/1255-2792-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi uchlamchi alyumosilikat sistemalar asosidagi keramik materiallarning qattiq fazali pishish jarayonlaridagi kinetikasi va mexanizmlari haqidagi ilmiy asoslangan fundamental ma’lumotlarni olish imkonini bergan;
sintez qilingan magniy, kal`siy monoalyuminatlari va mikrokremnezyom namunalari asosida olovbardosh materiallar uchun ishlab chiqilgan tarkiblarning tegishli konsentratsiyalari «Bekobod–ogneupor» QKning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Bekobod–ogneupor» QKning 2021 yil 23 sentyabrdagi 133-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud texnologiya talablariga javob beradigan shpinelli olovbardosh materiallar olish imkonini beradi.