Ruziev Nemat Ruzievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Noorganik texnogen chiqindilardan kompleks foydalanib, sul`fotemirli klinkerlar olishning ilmiy asoslari va energiyaresurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/T451.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Soyibjon Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Iskandarova Mastura, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kon-metallurgiya va kimyo sanoati chiqindilaridan kompleks foydalanib sul`foalyumotemir (SAT) klinkerlar va ular asosidagi ko‘p funksional kompozision bog‘lovchi materiallarni yaratishning ilmiy asoslari va texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kal`siy sul`foferrit C4F3Š gidrotatsiyasi va struktura hosil qilish jarayonlarini kompleks tahlili orqali uning mustaxkamligi va yangi hosilalarning morfologiyasi orasidagi bog‘liqliklar ilmiy asoslangan;
ilk bor ikki va uch komponentli mineral sistemalarda shakllanayotgan sul`fomineral kompozitlarning mustahkamlik ko‘rsatkichlariga turli kombinatsiya va nisbatlarda olingan sul`foalyuminat (C4A3Š), sul`fosilikat (C5S2Š) va sul`foferrit (C4F3Š) larning o‘zaro ta’sir jarayonlari bog‘liqliklari isbotlangan;
ikki va uch komponentli mineral sistemalarda turli kombinatsiya va nisbatlarda olingan C4A3Š, C5S2Š C4F3Š minerallarining gidratatsiya jarayonini fizik-kimyoviy taxlili asosida birinchi marotaba sul`foalyumotemirli klinkerlarni olish texnologiyasining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
sul`foalyumotemirli xomashyo kompozisiyalarini kuydirish jarayonida minerallar hosil bo‘lishining ketma-ketligi natijasida ikki kal`siyli ferrit (C2F) ning hosil bo‘lishi 800°S haroratda boshlanib, 11000S da C4F3Š ning hosil bo‘lib 1200-1250 °S haroratda C2F, C2S, SO2 va SaO larga parchalanishi isbotlangan;
SAT sementlarning mustaxkamlik ko‘rsatkichlari xomashyo kompozitlarining TK va nS ko‘rsatkichlariga bog‘liqliklari TK=0,667 bo‘lganida 1200°S da kuydirilgan klinker asosidagi sementning mustaxkamligi TK=0,8 bo‘lgan klinkerdan olingan sementning mustaxkamligidan yuqori bo‘lishi, nS ko‘rsatkichining ortishi bilan sement toshining gidravlik aktivligi «400» va «500» markagacha ortib borishi asoslangan;
portlandsement gidratatsiya jarayonida SAT sementlar bilan legirla-nishi yo‘li orqali yuqori mustahkam, sovuq va atmosfera o‘zgarishlari ta’si-riga bardoshli, kengayuvchi va zo‘riquvchi xususiyatlarga ega ko‘p funksional kompozit bog‘lovchi materiallarni olishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past haroratli SAT klinkerlarni va ular asosidagi sementlar texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sul`fotemirli sement olish uchun texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tamonidan tasdiqlangan (Ts №00193350:2001). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
SAT klinkeri va uning asosidagi gips qo‘shilmaydigan sementlar ishlab chiqarishning past haroratli texnologiyasi «Olmaliq kon metallurgiya kombinati» AJning Jizzax sement zavodi bo‘limida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 19 avgustdagi AA-006890-son ma’lumotnomasi). Natijada, klinker kuydirish xaroratini 300oS ga kamaytirish, tabiiy gips toshinining 100%, yoqilg‘i-energetika resurlarining 25-30% iqtisodini ta’minlash imkonini bergan;
sul`foalyumotemirli sement olish texnologiyasi «Navoiy KMK» AJning ning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Navoiy KMK» AJ ning 2021 yil 14 sentyabrdagi № 03-02-11/8921-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, sul`fotemirli sementlar tez qotuvchanligi, mustaxkamligi va suv o‘tkazmaydigan sement olish imkonini beradi.