Xojimatov Maxsadbek Muydinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ferrotsen va amigdalin hosilalari asosida biologik faol moddalar sintezi hamda ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/K103.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Madixanov Nematjon, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o-, m-, p-ferrotsenbenzoy kislotalar va p-ferrotsenfenolning monometiloltiomochevina, monometilolmochevina va amigdalin bilan yangi turdagi biologik faol hosilalarini hamda amigdalinning ayrim metall ionlari bilan kompleks birikmalarini sintez qilish, ularni fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, ularni kimyoviy tarkibi asosida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ferrotsen va amigdalin hamda ularning hosilalari asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilingan;
p-ferrotsenilfenol, m-ferrotsenilbenzoy kislotasini metilolmochevina, monometiloltiomochevina bilan hosilalari diazotirlash reaksiyasi natijasida turli hil erituvchilarda hosil bo‘lishi aniqlangan;
tarkibida ferrotsen va amigdalin hosilalari saqlovchi biologik faol moddalarni kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning biologik faolligini chigitning unib chiqishi, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
amigdalin asosida Cr(III), Fe(III), Cu(II), Co(II) ionlari bilan kompleks birikmalari olingan;
ferrotsen va amigdalin hosilalari asosida sintez qilingan birikmalar uchun kimyoviy tarkibi asosida halqaro kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ferrotsenbenzoy kislotalar va p-ferrotsenfenolning monometiloltiomochevina, monometilolmochevina, amigdalin bilan hosilalarini hamda amigdalinning ayrim metall ionlari bilan kompleks tuzlarini sintez qilish, ularning biologik faollikka ega bo‘lganlarini sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“m-Ferrotsenilbenzoy kislotasi va tiomochevina asosida g‘o‘zani o‘stiruvchi xususiyatini namoyon qiluvchi stimulyatori” uchun O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 06173, 2020 y.). Natijada, biostimulyator bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan gektaridan qo‘shimcha 4,9 s hosil olish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “amigdalinning temir, xrom, mis ionlari asosida olingan birikmalari” uchun 2938 90 900 2 kod raqami ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 7 yanvardagi 1/16-007-son ma’lumotnomasi). Natijada, amigdalinning metall ionlari bilan hosil qilgan birikmalarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan;
Ferrotsen va amigdalin asosida sintez qilingan «ADUMAX, AsXA-1, Fer-AX, ASXOAK» biostimulyatorlari Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi jami 561 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 martdagi 02/025-1019-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za o‘simligining kompleks rivojlanishini kuchaytirish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha ferrotsen va amigdalin hosilalari asosida olingan biostimulyatorlar uchun 3808 93 900 4 kod raqami ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 7 yanvardagi 1/16-006-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida ferrotsen va amigdalin saqlovchi biologik faol birikmalarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.