Abdusaidov Akmal Abduvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ish bilan bandlik nodavlat xizmatlari faoliyatinirivojlantirish va samaradorligini oshirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.3.PhD/Iqt742.
Ilmiy maslahatchi: Arabov Nurali Arabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlatuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Erkin Erkamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida nodavlat ish bandlik bandlik xizmatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari shakllanish tasnifi rekruting agentliklari biznesini diversifikatsiyalash darajasi, xizmatlarni ko‘rsatish shartlari, personalni tanlashning firma ichidagi ierarxiyasi va texnologiyasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
xususiy bandlik agentliklari faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tasnifi ish joyi yoki xodimni tanlash erkinligi va personal motivatsiyasi darajasi asosida taomillashtirilgan;
xodimlarni maqsadli tanlash, yagona bo‘sh ish joylari bankini yaratish, umumiy strategik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish asosida davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik mexanizmi takomillashtirilgan;
xususiy bandlik agentligi kadrlar siyosati samaradorligini kadrlar siyosati, personalni boshqarish xizmati faoliyati samaradorligi va umum-faoliyat natijalarini ekspert baholash negizida amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublikamizda ish bilan bandlik nodavlat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
rekruting agentliklari biznesini diversifikatsiyalash darajasi, xizmatlarni ko‘rsatish shartlari, personalni tanlashning firma ichidagi ierarxiyasi va texnologiyasiga ko‘ra nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari shakllanish takomillashgan tasnifidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/00-04/07-5485-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish nodavlat ish bilan bandlik xizmatini muayyan belgilari bo‘yicha tasniflash asosida ish beruvchilar va ishchi-xodimlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlari va yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
ish joyi yoki xodimni tanlash erkinligi va personal motivatsiyasi darajasi asosida xususiy bandlik agentliklari faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar takomillashtgan tasnifidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlarda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/00-04/07-5485-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xususiy bandlik agentliklari tomonidan personalni saralash va tanlash bo‘yicha ish beruvchilar talabini qanoatlantirganlik darajasini 1,2 martaga oshirish imkonini bergan;
davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik mexanizmini xodimlarni maqsadli tanlash, yagona bo‘sh ish joylari bankini yaratish, umumiy strategik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish asosida takomillashtirish taklifi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish uslubiy-amaliy faoliyatida foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/00-04/07-5485-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari o‘rtasida konkret bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassis va xodimlarni tanlash asosida rasmiy ishsizlar sonini 15 foizga qisarish imkonini bergan; 
xususiy bandlik agentligi kadrlar siyosati samaradorligini kadrlar siyosati, personalni boshqarish xizmati faoliyati samaradorligi va umum-faoliyat natijalarini ekspert baholash negizida amalga oshirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/00-04/07-5485-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish kadrlar xizmati faoliyati va personalni boshqarish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish va ularni rejalashtirish jarayonini optimallashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish