Atakulova Dilfuza Tursunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noan’anaviy xomashyo - tok bargidan foydalanib konservalangan ikkinchi taomlar ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash va qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T880.
Ilmiy rahbar: Dodaev Quchqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noan’anaviy xomashyo tok bargidan  foydalanib, konservalangan ikkinchi taomlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzumni qora muskat va qizil xurmoni navi barglarida uglevodlar kompleksi 7-8,1, kletchatka 17-15, oqsil miqdori 6-5,7, umumiy  yog‘lar miqdori 3,7-3,2 mg/% tadqiq etilib, tok barglarining boy kimyoviy tarkibi oziqaviy qimmatini belgilashi aniqlangan hamda  vitaminlar V1 -  5,83, V2 - 29,54,  V6 -1,78, V12 - 3,5, S - 49,42 mg/% aniqlanib, tok barglari biologik aktiv moddalarga boyligi isbotlangan; 
uzumni qora muskat va kizil xurmoni navlari barglaridagi polifenollarning miqdori 5,98-9,8 mg/%,  uzum, limon, oksalat, qahrabo kislotalarning umumiy miqdori tanlangan  qora muskat navining barglarida 5,18 mg/%, qizil xurmoni navida esa 11,81 mg/% bo‘lishi aniqlangan, organik kislotaning insonning ishtahasi, miqdor va turlarining ichki organlarga ta’sir etishi aniqlangan;  
suyakli bul`on asosida do‘lmalarning konservalanishi, bunda suyak tarkibidagi yog‘lar, oqsillar, mineral moddalarning bul`onga o‘tib uning oziqaviy, energetik va biologik qimmatini oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
noan’anaviy xomashyo tok bargidan  foydalanib, konservalangan ikkinchi taomlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uzum bargidan konservalangan oziq - ovqat mahsulotlari olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzum bargidan konservalangan ikkinchi ovqat - do‘lma ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2021- 2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yilning 11 iyundagi 11-96/06-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, mikro - va makroelementlari saqlangan suyakli bul`on asosida do‘lmalarning konservalanishi imkonini bergan;
ikkinchi ovqat konservalari tayyorlash texnologiyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yilning 11 iyundagi 11-96/06-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik faol moddalarga boy, polifenollar miqdori 5,98-9,8 mg/%, organik kislotalar miqdori 5,18-11,81 mg/% bo‘lgan  suyakli bul`on asosida do‘lmalarni konservalash imkonini bergan;  
noan’anaviy xomashyo tok bargi do‘lmasi ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2021- 2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yilning 11 iyundagi 11-96/06-21-son  ma’lumotnomasi). Natijada, suyakli bul`on tarkibidagi yog‘lar, oqsillar, mineral moddalar bul`onga o‘tib uning oziqaviy, energetik va biologik qimmatini oshirishi imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish