Pirimov Tuychi Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida bog‘lovchi materiallar hamda mineral ug‘itlarga noorganik qo‘shimchalar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1918.
Ilmiy rahbar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Baxtiyor Toxtaevich, texnika fanlari doktori; Allaniyazov Davran Orazimbetovich, texnika fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arvaten koni serpentinitini magniy oksidi va suyuq o‘g‘itlarga kislotali qayta ishlash, undan tashqari sanoat chiqindilari asosida portlandsementga mineral qo‘shimchalar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarini qo‘llagan holda Arvaten serpentinitida kristallik tuzilishi bo‘yicha o‘zaro bir-biridan keskin farq qiluvchi minerallar (antigorit, xrizotil, forstert, lizardit, tal`k va magnetit) mavjudligi aniqlangan;
kam miqdorda nitrat kislotasini qo‘shish yo‘li bilan serpentinitni sul`fat kislotali parchalashni jadallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
serpentinit parchalanish mahsulotlarini bosqichli qayta ishlash orqali bir vaqtning o‘zida ikkita mahsulot – 97 %-li MgO va tarkibida 17 % N tutgan o‘g‘itlar olishning maqbul sharoitlari asoslangan;
ilk bor serpentinitning kremniyli qoldig‘i, po‘lat eritish va qo‘rg‘oshin-sink ishlab chiqarishi shlaklarini termik faollashtirmasdan sementga mineral qo‘shimchalar olishning sharoitlari va tarkibi asoslangan;
serpentinitni magniy oksid va suyuq o‘g‘itlarga kislotali qayta ishlash texnologiyasi hamda portlandsemenga modifikatsiyalangan mineral qo‘shimchalar tarkibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Arvaten koni serpentinitini kislotali qayta ishlash mahsulotlari va sanoat chiqindilari asosida mineral o‘g‘itlar va bog‘lovchi materiallarga noorganik qo‘shimchalar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sementlarga mineral qo‘shimcha olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan (№IAP 05812, 2019y.). Natijada, chiqindi sifatida to‘planayotgan po‘lat eritish sanoati shlaki va qo‘rg‘oshin-sink rudasining flotatsion chiqindisini qayta ishlash, shu orqali mintaqada ekologiyani yaxshilash hamda sement tannarxini kamaytirish imkonini bergan;
serpentinitni kislotali qayta ishlash yo‘li bilan magniy oksidini olish texnologiyasi «Bekabad-Ogneupor» QKning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan («Bekabad-Ogneupor» QKning 2021 yil 28 iyundagi 104-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyodan olingan magniy gidroksidi yoki oksidini chetdan keltirilayotgan magnezit va brusitga almashtirish imkonini bergan;
po‘lat eritish va qo‘rg‘oshin-sink ishlab chiqarish chiqindilari asosida sementga mineral qo‘shimchalar tayyorlash usuli “ALBUS CEMENT GROUP” QQ-MChJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (“ALBUS CEMENT GROUP” QQ-MChJning 2021 yil 21 avgustdagi 329-son ma’lumotnomasi). Natijada, sementlar markasini pasaytirmagan holda mineral qo‘shimchalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish