Sodiqov Mansur Qaxxorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Asetilen aminospirtlari efirlarining katalitik sintezi va xossalari», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K415.
Ilmiy rahbar: Turgunov Erxon, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Vapoev Husniddin Mirzaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atsetilen aminospirtlari va ularning efirlarini katalitik sintezini amalga oshirish, jarayonning kinetikasi va mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor geksen-4-in-1-ol-3, 2-metilbutin-3-ol-2,3-metilpentin-1-ol-3, 1-dietilaminobutin-2-ol-4, 1-dietilamino-4-metilpentin-2-ol-4 va 1-piperidino-4-metilpentin-2-ol-4 asosida aminoefirlar sintez qilingan; 
aminoefirlar unumini erituvchilarga bog‘liqligi aniqlangan, jarayon borishiga turli omillar: reaksiya harorati va davomiyligi, katalizator miqdori va tabiati ta’sirlari aniqlangan;
sintez qilingan aminoefirlarning elektron tuzilishi, molekulyar-dinamik xususiyatlari kvant-kimyoviy usullar asosida jarayonlar borishi matematik modellashtirilgan;
aminoeifrlar va ularning galogenli hosilalari sintezi reaksiyalarining kinetik parametrlari va faollanish energiyasi hisoblangan, molekulalarning faol markazlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Asetilen spirtlari aminoefirlari va ularning galogenli hosilalari sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan atsetilen spirti aminoefirlari Muborak gazni qayta ishlash zavodida metallarning vodorod sul`fidli korroziyasiga qarshi ingibitor sifatida qo‘llanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2021 yil 23 iyuldagi 723/GK-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada qo‘llanilayotgan uglerodli po‘latni 94,5 % himoya qilish imkonini bergan;
sintez qilingan aminoefirlarning digalogenli hosilalari «Elektrokimyozavod» qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Elektrokimyozavod» qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 oktyabrdagi 198-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent-1 paxta navi defolianti sifatida g‘o‘za bargining to‘kilish ko‘rsatkichini 92,5% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish