G‘afforova Mavlyuda Qurbonboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston xotin-qizlarining sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarishlari tendensiyasi»: 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/S16.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslahatchi: Sodiqova Shoxida Marxaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Kaxxarov Abdulaxat, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Xuseynova Abera Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Abduazimov Oqiljon Utkurovich, sotsiologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarishlar tendensiyalarini sotsiologik jihatdan tizimli tadqiq etish orqali ushbu yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-siyosiy hayotda nazariy, amaliy va metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan ayollar ijtimoiy-madaniy qiyofasini aniqlovchi sotsiomadaniy faoliyat nazariyasi sotsiologik tasniflangan;
xotin-qizlarning sotsiomadaniy qiyofasida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosimizni jamiyat hayotida ma’naviy yuksaltirish orqali zamonaviy milliy xususiyatlar (milliylikka asoslangan kiyinish madaniyati, sog‘lom turmush tarziga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, moslashuvchanlikka asoslangan resotsializatsiya jarayonlari) sotsiologik asoslangan;
xotin-qizlarning turmush tarzidagi o‘zgarishlar transformatsiyasi tendensiyalarida ijtimoiy-ma’naviy begonalashuv omillari (marginallik, vorisiylik, munosabatlarga kirisha olmaslik, milliy qadriyatlardan uzoqlashgan, milliy san’at va adabiyotlarni yoqtirmaydigan, o‘z milliy tilini bilmaydigan) aniqlangan;
migratsion xaritani ishlab chiqish orqali ayollarning migratsiya jarayonidagi ishtiroki, sotsial mobilligi, ijtimoiy faolligi, migratsiya muhiti, hududiy xususiyatlari, turmush tarzidagi steriotiplar, sotsial munosabatlar, qadriyatlar transformatsiyasi ochib berilgan;
xotin-qizlarning sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarishlar transformatsiyasining sotsial indikatorlari (huquqiy savodxonlik, qadriyatlarga moslashish, ayol resursi, vaqt qadriyati, o‘zgarishlarga moslashish, maishiy xizmat, hududiy-mental xususiyatlar, migratsiya, mobillik, ma’naviy begonalashuv) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston xotin-qizlarining sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarishlar tendensiyasidagi o‘zgarishlarni tadqiq etish borasida olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarga tatbiq qilingan:
ijtimoiy-siyosiy hayotda nazariy, amaliy va metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan ayollar ijtimoiy-madaniy qiyofasini aniqlovchi sotsiomadaniy faoliyat nazariyasi sotsiologik tasniflanishiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5938-son farmonining 3 va 4 bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 02-02/1054-son ma’lumotnomasi). Bu hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘ini kesimida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarish tendensiyalarini baholash hamda ularning jamiyat hayotiga integratsiyalashuvining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash aniqligi ortgan;
xotin-qizlarning sotsiomadaniy qiyofasida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosimizni jamiyat hayotida ma’naviy yuksaltirish orqali zamonaviy milliy xususiyatlar (milliylikka asoslangan kiyinish madaniyati, sog‘lom turmush tarziga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, moslashuvchanlikka asoslangan resotsializatsiya jarayonlari) sotsiologik asoslanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son farmonining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Mahalla qadriyatlar maskani» xaftaligini tashkil etish Konsepsiyasining 3-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 02-02/1054-son ma’lumotnomasi). Bu xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, siyosiy yetakchi ayol imijini shakllantirish, xotin-qizlarning diniy va dunyoviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlarning turmush tarzidagi o‘zgarishlar transformatsiyasi tendensiyalarida ijtimoiy-ma’naviy begonalashuv omillari (marginallik, vorisiylik, munosabatlarga kirisha olmaslik, milliy qadriyatlardan uzoqlashgan, milliy san’at va adabiyotlarni yoqtirmaydigan, o‘z milliy tilini bilmaydigan) aniqlanganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma» berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bobi («Tavsiyanoma berish tartibi») mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 02-02/1054-son ma’lumotnomasi). Ushbu mezonlardan foydalanish natijasida sotsial munosabatlarda marginallik xususiyati ustun bo‘lgan xotin-qizlarni jamiyat hayotiga integratsiyalashuvini affelyativ yondashuv asosida ta’minlash hamda ularning jamiyat ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirish imkoni ortgan;
migratsion xaritani ishlab chiqish orqali ayollarning migratsiya jarayonidagi ishtiroki, sotsial mobilligi, ijtimoiy faolligi, migratsiya muhiti, hududiy xususiyatlari, turmush tarzidagi steriotiplar, sotsial munosabatlar, qadriyatlar transformatsiyasi ochib berilganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida «Migrant ayollarning namunaviy migratsion sotsial mobillik xaritasi»ni ishlab chiqish jarayonida hamda Rossiyaning Sank-Piterburg shahridagi «Madad» chet el fuqarolarini huquqiy qo‘llab quvvatlash Markazi NNTning «noqonuniy migratsiyani profilaktika qilish» yo‘nalishida foydalanilgan («Madad» chet el fuqarolarini huquqiy qo‘llab quvvatlash Markazi NNTning 2020 yil 23 iyundagi A130-son ma’lumotnomalari). Ishlab chiqilgan «migratsion sotsial mobillik xaritasi» hamda xotin-qizlar sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarishlarni monografik, anketa va tanlanma kuzatish usullari orqali o‘rganish natijasida migratsion jarayonlarni to‘laqonli statistik baholash imkonini bergan;
xotin-qizlarning sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarishlar transformatsiyasining sotsial indikatorlari (huquqiy savodxonlik, qadriyatlarga moslashish, ayol resursi, vaqt qadriyati, o‘zgarishlarga moslashish, maishiy xizmat, hududiy-mental xususiyatlar, migratsiya, mobillik, ma’naviy begonalashuv) ishlab chiqilganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi 486-son «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorining 18-bandi «Jamoatchilik kengashlari asosiy vazifalari» mezonlarining 1-bob, 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 02-02/1054-son ma’lumotnomasi). Bu hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.