Mamedova Guzalya Bakir kizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida marketing xizmatlarini optimallashtirish», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib587.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Atadjan Karimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida marketing xizmati faoliyatini va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiyot markazlaridagi marketing bo‘limlariga yuklatilgan funksional vazifalar aniqlangan;
tibbiyot muassasalari marketing bo‘limlarining faoliyati namunali modeli takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarida marketing bo‘limlari samaradorligini baholash mezonlari optimallashtirilgan; 
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida marketing mutaxassisining funksional vazifalari va lavozim yo‘riqnomalari  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston respublikasi tibbiyot muassasalarida marketing xizmatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tibbiyot muassasalarida marketing xizmatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasi xususiy tibbiyot muassasalarida marketing xizmatlarini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 8n-d/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, davolash-diagnostika taktikasi samaradorligini oshirish va marketing xizmatlarini takomillashtirish imkonini bergan; 
tibbiyot muassasalarida marketing xizmatlarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining to‘rtta diagnostika klinikasi: «Nukus Tibbiy Diagnostika» (Nukus shaxri), «NEWMEDMEDICALCENTRE» (Toshkent shaxri), «Namangan Tibbiy Diagnostika» (Namangan shaxri), «Toshkent Tibbiy Diagnostika» (Toshkent shaxri) amaliyotlariga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 oktyabrdagi 08-09/13888-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari tibbiyot muassasalar faoliyatini iqtisodiy, tibbiy va ijtimoiy baholash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish