Baxadirova Munisa Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vertebro-bazilyar xavzasida insul`t utkazgan bemorlarning kompleks reabilitatsiyasini innovatsion usullari» , 14.00.13 – Nevrologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib419.
Ilmiy rahbar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc. 04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurgojaev Erkin Smagulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaning zamonaviy usullarin ishlab chiqish, hamda vertebrobazilyar havzada ishemik insul`tlar umumiy reabilitatsiyasi va ikkilamchi profilaktikani optimallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi xolatida vertebro-bazilyar havzada ishemik insul`tlar komorbid xolat bilan og‘rigan bemorlar toifasi va ularning o‘zaro ta’siri aniklangan,
ilk bor vertebro-bazilyar xavzasida II bilan SUOK birgalikda komorbid bo‘lgan bemorlarda farmokologik davolash va umumiy reabilitatsiya mezonlari aniklangan.
ilk bor matematik modellashtirish asosida vertebro-bazilyar havzada ishemik insul`tlar yakunini prognozlash ishlab chiqilgan; 
vertebro-bazilyar havzada ishemik insul`tlarni boshidan kechirgan bemorlarning nogironlanish sur’atini kamaytirish va hayot sifatini, hamda ishga layoqatliligini yahshilashga yordam beruvchi reabilitatsiya usullarini kullash bilan takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Vertebro-bazilyar xavza ishemik insul`ti bilan og‘rigan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
vertebro-bazilyar xavza ishemik insul`ti bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Vertebro-bazilyar tizimda ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlar umumiy reabilitatsiyasning innovatsion usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 martdagi 8n-d/100-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlar hayot sifatini yahshilash, reabilitatsiya muddatini kamaytirish va vertebro-bazilyar xavzada II oldini olish usullarini yahshilash imknonini bergan; 
vertebro-bazilyar xavza ishemik insul`ti bilan og‘rigan bemorlarning monitoringi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Vertebro-bazillyar tizimi insul`ti bilan og‘rigan bemorlarda IMT va SAT-testlar ko‘rsatkichlari dinamikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil  25 iyundagi 8n-z/212-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma vertebro-bazilyar xavzadagi II bilan og‘rigan bemorlar reabilitatsiyasini optimallashtirish, vertebro-bazilyar xavzada II birlamchi va iikilamchi profilaktikasini yahshilash imkonini bergan; 
vertebro-bazilyar xavza ishemik insul`ti bilan og‘rigan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxar 1-sonli klinik shhifoxonasi, Toshkent shaxar 5 shifoxonasi, Fargona viloyat ko‘ptarmokli tibbiy markazi, Akfamedlayn tibbiy markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil  20 oktyabrdagi 08-09/15217-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi komorbid kasalliklarni xisobga olgan xolda vertebro-bazilyar xavza ishemik insul`ti bilan og‘rigan bemorlarni davolash va profilaktikasini yahshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish