Keldiyorova Gulmira Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridan  ajralib chiqadigan zararli moddalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash (Samarqand viloyati misolida)”, 03.00.10−Ekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2018.2.PhD/V215
Ilmiy rahbar: Boboev Sobirjon Muradullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti  huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Xodjiev Alisher Quldoshevich, texnika fanlari PhD. Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridagi chang-gaz tozalash uskunalarida yangi turdagi chang-gaz tozalash uskunalarini yaratish, ish samaradorligini oshirish va qo‘llash orqali korxonalardan ajralib chiqadigan zararli moddalarning atrof-muhitga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridan ajralib chiqadigan zararli moddalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash bosqichlari korxonalarning ta’sir etish xavflilik darajalariga nisbatdan ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish korxonalaridagi chang tozalash uskunalarida  chang gazsimon moddalarni tozalash imkoniyati yaratilgan, uskunalar ish samaradorligi chang tutkichning texnologik jarayonini o‘zgartirilishi hisobiga  oshirilgan; 
korxonalarda to‘ldiruvchi materiallar yordamida chang-gazlarni tozalash uskunalarining qo‘llanilishi orqali ularning atmosfera havosiga, aholi salomatligiga va o‘simlik dunyosiga ta’siri kamaytirilganligi isbotlangan; 
me’yordan ortiq atmosfera havosiga zararli moddalar ajratib chiqaradigan korxonalarda changlarni yuqori samarada ushlab qoluvchi matoli filtrli chang-gaz tozalash uskunalarini joriy qilish bilan tasdiqlangan normalar asosida ruhsat etilgan chegaraviy me’yordan oshmasliliga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. 
Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridan ajralib chiqadigan zararli moddalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
korxonalardan ajralib chiqadigan zararli moddalarning atmosfera havosiga ta’siri va ta’sirini kamaytirish bo‘yicha takliflar turli sohadagi ishlab chiqarish korxonalarining me’yoriy xujjatlarini tayyorlashda keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 30 oktyabrdagi  02-02/8-2587 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Urgut Textile Shifer MChJ shifer va Ilk Yog‘du Nashidasi g‘isht ishlab chiqarish korxonalarining atmosfera havosiga ta’sir doirasi va manbalar inventarizatsiya jarayonlarining sifatini oshishiga xizmat qilgan;
yangi turdagi chang-gaz tozalash uskunalarini yaratish va qo‘llash orqali korxonalarning atrof muhitga ta’siri kamaytirilgan. Asfal`t beton ishlab chiqarish korxonasidagi mavjud siklonlarda ikkinchi bosqichli tozalash uskunasi sifatida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi  avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 03/3050-4788 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand shahridagi asfal`t-beton ishlab chiqarish korxonasining chang-gaz tozalash uskunasi ish samaradorligi 85 % dan 98 % ga oshirilgan;
ishlab chiqarish korxonalaridan ajralib chiqadigan zararli moddalarning atmosfera havosi bo‘ylab tarqalish kengligi zamonaviy dasturlar asosida tahlil qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi  avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 03/3050-4788 sonli ma’lumotnomasi). korxonalaridan ajralib chiqadigan zararli moddalarning atmosfera havosi bo‘ylab tarqalish kengligi kompyuterning “Eko-sentr” dasturida tahlil qilingan. Natijada zararli moddalarning atrof-muhitga ta’sir etish holatini ko‘rsatib bergan;
tasdiqlangan normalar bo‘yicha ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashning me’yorida amal qilinishi tahlil qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 30 oktyabrdagi  02-02/8-2587 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining atmosfera havosiga, inson salomatligiga va o‘simlik dunyosiga ta’siri baholangan, korxonaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish