Shermatov Fayzullo Toshtillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ofiserlarda kasbiy zo‘riqishlar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik omillari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P257.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Arziqulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ofiserlarda kasbiy zo‘riqishlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillarning uslubiy ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ofiserlarning xizmat faoliyatida psixologik xususiyatlarning ta’sir koeffisentlarini aniqlagan holda bo‘linmadagi ruhiy yuklamalarni nomutanosibligi sababli o‘z joniga qasd qilish, buyruqlarni bajarishdan bosh tortish va xizmatdan bo‘yin tovlash kabi salbiy holatlarni oldini olish uchun qat’iyatlilik, mardlik, ijtimoiy faollik, bo‘ysunuvchanlik va vazminlik xususiyatlari asosiy omil ekanligi isbotlangan;
harbiy bo‘linmadagi ijtimoiy-psixologik muhitni psixodiagnostika qilish uchun ilk bor psixo-differensial dasturlash asosida ekstremal vaziyatlarda bo‘lajak ofiserlarning ruhiy zo‘riqishlarini tezkorlik bilan aniqlashga imkon beruvchi ekspress diagnostika usuli takomillashtirilgan; 
xizmat faoliyatida ruhiy tushkunlikka tushgan harbiy xizmatchilarni depressiyadan chiqish uchun ijobiy-kasbiy faoliyatni ta’minlovchi psixologik omillarni rivojlantirish va jangovar ruhiy yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirib borishning psixologik barqarorligi asoslangan;
ekstremal vaziyatlarda harbiy xizmatchilarning psixologik zo‘riqishlarini barvaqt oldini olish uchun ulardagi ruhiy zo‘riqishlarning intensiv stressning ta’sir darajalarini aniqlash va ruhiy tayyorgarligini toifalashga imkon beruvchi “Yosh ofiserlarning ijtimoiy-psixologik holatini aniqlash modeli” ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ofiserlarda kasbiy zo‘riqishlar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik omillari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ofiserlarning xizmat faoliyatida psixologik xususiyatlarning ta’sir koeffisentlarini aniqlagan holda bo‘linmadagi ruhiy yuklamalarni nomutanosibligi sababli o‘z joniga qasd qilish, buyruqlarni bajarishdan bosh tortish va xizmatdan bo‘yin tovlash kabi salbiy holatlarni oldini olish uchun qat’iyatlilik, mardlik, ijtimoiy faollik, bo‘ysunuvchanlik va vazminlik xususiyatlari asosiy omil ekanligini aniqlashning uslubiy ta’minoti Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida psixologik ishlarni tashkillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosarining 2021 yil 23 martdagi 14/777-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ofiserlardagi kasbiy zo‘riqishlarni barvaqt oldini olishga va xizmat samaradorligini yanada oshirishga erishilgan;
harbiy bo‘linmadagi ijtimoiy-psixologik muhitni psixodiagnostika qilish uchun ilk bor psixo-differensial dasturlash asosida ekstremal vaziyatlarda bo‘lajak ofiserlarning ruhiy zo‘riqishlarini tezkorlik bilan aniqlashga imkon beruvchi ekspress diagnostika usuli harbiy psixologlar faoliyatida qo‘llash uchun tavsiya etilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosarining 2021 yil 23 martdagi 14/777-son ma’lumotnomasi). Natijada Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi harbiy psixologlarni uslubiy ta’minotini takomillashtirilishiga erishilgan;
xizmat faoliyatida ruhiy tushkunlikka tushgan harbiy xizmatchilarni depressiyadan chiqish uchun ijobiy-kasbiy faoliyatni ta’minlovchi psixologik omillarni rivojlantirish va jangovar ruhiy yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirib borishning ilmiy asoslari qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish maqsadida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosarining 2021 yil 23 martdagi 14/777-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samaradorligini yanada oshirishga erishilgan;
ekstremal vaziyatlarda harbiy xizmatchilarning psixologik zo‘riqishlarini barvaqt oldini olish uchun ulardagi ruhiy zo‘riqishlarning intensiv stressning ta’sir darajalarini aniqlash va ruhiy tayyorgarligini toifalashga imkon beruvchi “Yosh ofiserlarning ijtimoiy-psixologik holatini aniqlash modeli”ning ilmiy-uslubiy ta’minoti Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi harbiy psixologlar tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosarining 2021 yil 23 martdagi 14/777-son ma’lumotnomasi). Natijada barcha harbiy qism va muassasalar harbiy psixologlari va tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofiserlarining metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish