Miruktamova Feruza Lutfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlar odil sudlovining xalqaro standartlari”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu54.
Ilmiy rahbar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ganibaeva Shaxnoza Karimberdievna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlar odil sudlovi xalqaro standartlariga doir xalqaro-huquqiy va milliy qonunchilik tizimini takomillashtirish va zamon talablariga muvofiqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmagan qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olishni nazarda tutuvchi himoya orderini berish, tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi berilishiga oid tartibni qonunchilikda belgilab qo‘yish zarurligi asoslangan;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi voyaga etmagan qizlarning himoya orderini olish to‘g‘risidagi ariza bilan shaxsan murojaat qilishiga oid huquqi hamda mazkur arizaning voyaga etmaganning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida ko‘rib chiqilishini qonunchilikda belgilab qo‘yish zarurligi asoslangan;
voyaga etmagan qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olishni nazarda tutuvchi himoya orderida ko‘rsatiladigan ma’lumotlar mazmunini qonunchilikda belgilab qo‘yish zarurligi asoslangan;
respublika o‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarida mehnat ko‘nikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muassasadagi bolalarning tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini ta’minlovchi chora-tadbirlarni hamda tarbiyalanuvchilarni kasbga o‘rgatish bo‘yicha amaliy mehnat mashg‘ulotlarini tashkil etishni qonunchilikda belgilab qo‘yish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Voyaga etmaganlar odil sudlovining xalqaro standartlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasining 19- va 37-moddalari talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish hamda 2008 yil 7 yanvardagi “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi talablarini to‘laqonli amalga oshirish maqsadida voyaga etmagan qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olishni nazarda tutuvchi himoya orderini berish, tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi berilishiga oid tartibni qonunchilikda belgilab qo‘yish to‘g‘risidagi takliflaridan 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son qonunining 23-moddasi 1-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 2 oktyabrdagi 05/1-897-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif himoya orderining tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsga, himoya orderining nusxasi tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga berilishi tartibini belgilash imkonini bergan;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi voyaga etmaganning himoya orderini olish to‘g‘risidagi ariza bilan shaxsan murojaat qilishiga oid huquqi hamda mazkur arizaning voyaga etmaganning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida ko‘rib chiqilishiga oid tartibni qonunchilikda belgilab qo‘yish to‘g‘risidagi takliflaridan 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son qonunining 24-moddasi 1, 2 va 3-bandlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 2 oktyabrdagi 05/1-897-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga etmagan shaxsga himoya orderini olish uchun ariza bilan shaxsan murojaat qilish huquqini qonunchilikda belgilash imkonini bergan;
voyaga etmagan qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olishni nazarda tutuvchi himoya orderida ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tartibini qonunchilikda belgilab qo‘yish to‘g‘risidagi takliflaridan 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son qonunining 25-modda 1-qismining 1, 2 va 3-bandlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 2 oktyabrdagi 05/1-897-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga etmagan shaxsga beriladigan himoya orderining mazmunini qonunchilikda belgilash imkonini bergan.
respublika o‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarida mehnat ko‘nikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muassasadagi bolalarning tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini ta’minlovchi chora-tadbirlarni hamda tarbiyalanuvchilarni kasbga o‘rgatish bo‘yicha amaliy mehnat mashg‘ulotlarni tashkil etishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2019 yil 17 oktyabrdagi “Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 880-son qaroriga oid “Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risida”gi Nizom 5-bandining 2 va 4-qismlarida, 14-bandining 1, 2 va 3-qismlari hamda 22-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish hamda jamoatchilik uyushmalari bilan hamkorlik qilish boshqarmasining 2020 yil 24 fevral`dagi 26/5-453-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif huquqbuzarlik sodir qilgan voyaga etmaganlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini nazarda tutuvchi uyg‘unlashish huquqini ta’minlashga va ularning ta’lim olish huquqlarining kafolatlanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish