Rustamov Nazar Sarvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G.hirsutum L. turiga mansub navlar seleksiyasida hosildorligi yuqori bo‘lgan seleksion ashyolar yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx563.
Ilmiy rahbar: Madartov Baxrom Kuvandikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Maloxat Bobomurodovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nabiev Saidg‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘zada juft va murakkab duragaylash orqali yaratilgan ashyolarda hosildorlikning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va boshqa qimmatli-xo‘jalik belgilari bilan o‘zaro bog‘liqlikda shakllanishini tahlil qilish asosida hosildorligi yuqori hamda qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega bo‘lgan genetik jihatidan boyitilgan tizmalar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba hosildorlikning asosiy elementlari bo‘lgan bitta ko‘sakdagi paxta xom-ashyosining vazni va o‘simlik mahsuldorligi yuqori bo‘lgan turli xil irsiyatga ega navlar ishtirokidagi duragaylarda qimmatli-xo‘jalik belgilarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligini seleksion-genetik tahlil qilish orqali hosildorligi yuqori, turli navlarning qimmatli xususiyatlariga ega bo‘lgan, genetik jihatdan boyitilgan seleksion ashyolar ajratib olingan va baholangan;
juft va murakkab F2 o‘simliklarida mahsuldorlikning boshqa hosildorlik elementlari bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan hamda to‘g‘ri yo‘nalgan ijobiy bog‘liqliklar mavjudligi aniqlangan;
murakkab duragaylash usulida yaratilgan duragay populyasiyalaridagi o‘zgaruvchanlikning tahlili yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan transgressiv shakllar ajralib chiqqanligini ko‘rsatgan va ular yakka tanlovlar asosida ajratib olingan;
juft va murakkab duragaylash orqali olingan F2 o‘simliklarda ayrim morfoxo‘jalik belgilarining bog‘liqligi o‘rganilgan va ijobiy bog‘langan belgilar bo‘yicha tanlov samarador bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G.hirsutum L. turiga mansub navlar seleksiyasida juft va murakkab duragaylashning samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli xil irsiyatga ega bo‘lgan rayonlashgan navlar ishtirokida duragaylash natijasida hosildorligi yuqori, turli navlarning qimmatli xususiyatlariga ega bo‘lgan, genetik jihatdan boyitilgan seleksion ashyolar ajratib olingan va seleksiya jarayoniga tadbiq qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 maydagi 02/020-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ashyolar ishtirokida ishlab chiqarishdagi navlarga nisbatan ustun bo‘lgan tizmalar yaratilgan;
o‘rta tolali g‘o‘za navlari seleksiyasida murakkab duragaylash orqali olingan duragaylar asosida yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan o‘simliklar ajratib olingan va ulardan qimmatli seleksion ashyo sifatida foydalanish imkoniyatlari asoslab berilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 maydagi 02/020-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada bu tizmlarning hosildorligi bo‘yicha boshqa navlarga nisbatan 6.0-10.5% samaradorlikka erishilgan;
ko‘p yillik kuzatuvlar hamda uzluksiz tanlov amaliyotlari bajarilishi natijasida T-28-32, T-15-17 hamda T-4244 tizmalari andoza navga nisbatan tezpisharlik belgisi bo‘yicha 2.0-3.0 kunga, tola chiqimi bo‘yicha 2,5-3,5% ga, tola uzunligi bo‘yicha 1.5-2.0 mm ga yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekanligi aniqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 maydagi 02/020-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur belgilar bo‘yicha barqaror tizmalar yuqori hosildorlikka erishish imkonini bergan;
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Asilbek Agro Fayz” va “Bo‘ston” fermer xo‘jaliklarida hamda Pskent tumanidagi “Azamat Abdukarimov” fermer xo‘jaligining er maydonlarida T-28-32, T-15-17 va T-42-44 tizmalari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 maydagi 02/020-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan tizmalar Toshkent viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos ekanligi tajribalarda ilmiy asoslangan.