Abduzoirova Durdonaxon Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning tog‘oldi hududlarida har xil genotipli qo‘ylarning o‘sish, rivojlanish va go‘sht-yog‘ mahsuldorligining shakllanishi”, 06.02.03 - Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.RhD/Qx546.
Ilmiy rahbar: Yusupov Suratbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Parmanova Dilnoza Mavlanovna, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning tog‘ oldi hududida qorako‘l va jaydari zotli qo‘chqorchalari va ularning duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi va go‘sht-yog‘ maxsuldorligini shakllanishini aniqlash asosida tog‘oldi hududlarida fermer xo‘jaliklari sharoitida qo‘y go‘shti etishtirishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning tog‘ oldi hududida turli genotipli qo‘chqorchalarni bir xil miqdorda oziqlantirilganda ularning o‘sishi, rivojlanishi va go‘sht-yog‘ mahsuldorligiga turli darajada ta’sir ko‘rsatib, so‘yim chiqimi jaydarida 53,2%, qorako‘lda 46,9%, duragayda 49,6% bo‘lishi aniqlangan;
turli genotipli 9 oylik qo‘chqorchalar yaylovda boqilib keyin bo‘rdoqilash sharoitida lahm go‘sht vazni jaydari zotida 77,8%, qorako‘lda 74,4% va duragayda 75,6% hamda jaydari zotida go‘shtdorlik koeffisienti qorako‘l va duragayga nisbatan 0,50 va 0,45 yuqori bo‘lishi aniqlangan;
turli usullarda o‘stirilgan 9 oylik qo‘chqorchalar go‘shtining tarkibida biologik jihatdan qimmatli bo‘lgan oqsil 17,3-17,8 va energetik jihatdan qimmatli hisoblangan yog‘ 11,2-11,8 foiz atrofida bo‘lishi aniqlangan;
fermer xo‘jaliklari sharoitida yaylovda boqish va bo‘rdoqilash orqali go‘sht etishtirishning iqtisodiy samaradorligi jaydari zotida 92,3%, qorako‘lda 61,8% va duragayda 72,6% ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning tog‘oldi hududlarida har xil genotipli qo‘ylarning o‘sish, rivojlanish va go‘sht-yog‘ mahsuldorligining shakllanishi yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
turli genotipli qo‘ylarni “Yaylovda boqish va bo‘rdoqilash” usuli Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani “Do‘smurod bog‘lari” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 18 oktyabrdagi 3-1/1154-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 bosh qo‘yni bo‘rdoqilashdan olingan daromad jaydarida 1712,0 ming so‘mni, qorako‘lda 1440,0 ming so‘mni va duragayda 1536,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi tegishlicha: 92,3; 61,8 va 72,6 foizni tashkil etgan;
turli genotipli qo‘ylarni “Yaylovda boqish va bo‘rdoqilash” usuli Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani “Bekmurod” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 18 oktyabrdagi 3-1/1154-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 bosh duragay qo‘yni bo‘rdoqilashdan olingan daromad 1536,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 72,6 foizni tashkil etgan;
turli genotipli qo‘ylarni “Yaylovda boqish va bo‘rdoqilash” usuli Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani “Temirqo‘rg‘on” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 18 oktyabrdagi 3-1/1154-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 bosh jaydari zotli qo‘yni bo‘rdoqilashdan olingan daromad 1712,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 92,3 foizni tashkil etgan.