Karimov Farxod Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaqin Sharq davlatlaridagi etnosiyosiy jarayonlarning mintaqa xavfsizligiga ta’siri», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Siyos5.
Ilmiy rahbar: Saidolimov Saidxon Tal’at o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar:Munavvarov Zoxidillo Inomxo‘jaevich, siyosiy fanlar doktori, professor;G‘afurov Sarvar Mirzarasulovich,siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yaqin Sharqdagi etnosiyosiy muammolarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari, tashqi va ichki omillarining mintaqa xavfsizligiga ta’sirini ochib berish, ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnosiyosiy omil xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining muhim kategoriyasi ekani nazariy-metodologik jihatdan ochib berilgan;
Yaqin Sharqdagi etnosiyosiy muammolarni tartibga solish borasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarni etnik ozchilikka nisbatan umumiy ta’rifning kiritilishi hamda uning siyosiy-huquqiy maqomi belgilab berilishi orqali takomillashtirish zaruriyati asoslab berilgan;
Yaqin Sharq davlatlaridagi etnik ozchilikning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini adolatli ta’minlash, ularning o‘z haq-huquqlari va milliy xususiyatini saqlab qolishga zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash etnik ko‘pchilik va ozchilik manfaatlari muvozanatini ta’minlashning muhim sharti sifatida ko‘rsatilgan;
Yaqin Sharqdagi etnosiyosiy muammolarni hal etishda mintaqa davlatlarining Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari Ligasi tashkilotlari doirasidagi o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, ularning mazkur muammolar echimi yuzasidan qarash va yondashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yaqin Sharq davlatlaridagi etnosiyosiy muammolarni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
Yaqin Sharqdagi etnosiyosiy muammolarni hal etishda mintaqa davlatlarining hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti doirasida axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2016 yil 16 iyundagi 01/321-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari va xulosalar etnik mojarolarning tasnifi va ko‘rinishlari, etnik va diniy konfessional tartib tamoyilning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida yangi g‘oya va takliflar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
etnosiyosiy munosabatlarni tartibga solish, etnik muammolarni hal qilish borasida qabul qilingan xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi yuzasidan dissertatsiya ishida keltirilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida bir qator tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2016 yil 16 iyundagi 01/321-son ma’lumotnomasi). Ularda, jumladan, xalqaro me’yoriy hujjatlarni etnik guruhlarning huquqiy va siyosiy maqomini aniqlash orqali takomillashtirish zaruriyati ilmiy asoslab berilgan;
Yaqin Sharq xalqlari siyosiy madaniyatining shakllanishida erkinlik g‘oyalari va mintaqadagi etnosiyosiy munosabatlarning xususiyatlariga oid fikr-mulohazalar, konseptual g‘oya va xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2007–2011 yillarda bajarilgan F8-042 raqamli “Sharq va G‘arb ijtimoiy tafakkurida erkinlik g‘oyasi takomili: mushtaraklik va o‘ziga xoslik” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyiha hamda grant doirasida chop etilgan monografiyalarda foydalanilgan (FTMRQning 2016 yil 7 oktyabrdagi FTK-03-13/661-son ma’lumotnomasi). Etnosiyosiy muammolarning kelib chiqish sabab va omillariga oid nazariy xulosalar Sharq ijtimoiy tafakkurida o‘zlikni anglash va erkinlik tushunchasining mohiyatini ochib berishda xizmat qilgan.