Hazratova Dilshoda Azamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xitozan ishtirokida suvda eruvchan bo‘yovchi moddadar bilan ipak va aralash tolali matolarni pardozlash texnologiyasini takomillashtirish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish berish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K411.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Mirzaxmedova Munisa Xakimdjanovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyodan sintez qilingan xitozan va uzxitan intensifikatori ishtirokida bo‘yash texnologiyasini takomillashtirish hamda faol va kislotali bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yalgan ipak va paxta-ipak tolali matolarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bo‘yash eritmasining tarkibida jonsiz Apis Mellifera asalarilaridan ajratib olingan xitozandan intensifikator sifatida foydalanish usuli ishlab chiqilgan;
xitozan tarkibidagi aminoguruhlar faol bo‘yovchi moddalar bilan reaksiyaga kirishishi, protonlangan NN3+ guruhlar kislotali bo‘yovchi moddalar bilan ion bog‘larni, -ON va -NH2 guruhlar esa faol bo‘yovchi moddalar bilan kovalent bog‘larni hosil qilishi isbotlangan;
xitozan bilan ishlov berilgan ipak matolarning sorbsion qobiliyati ortishi, ipak va sellyulozali tolalarda sirt zaryadlar o‘zgarishi aniqlangan;
tola-xitozan-bo‘yovchi modda sistemasida bog‘lar xususiyati va ta’sirlanishning kimyoviy mexanizmi, hamda faol bo‘yoqlarning tolada kovalent fiksatsiyalanish darajasi va miqdoriga intensifikator konsentratsiyasining ta’siri aniqlangan;
xitozan intensifikatori ishtirokida ipak va paxta-ipak aralash tolali matolarni bo‘yash texnologiyasi takomillashtirilgan va ularning bo‘yash jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jonsiz  asalaridan olingan xitozan va uzxitan yordamida ipak va paxta-ipak matolarni bo‘yash texnologiyasini takomillashtirish va bo‘yalgan matolarning rang sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta-ipak matolarni uzlukli va ipak matolarni yarim uzluksiz usulda faol va kislotali bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash jarayoni «Buxoro Brilliant Silk» Buxoro-Xitoy MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan  («O‘zto‘qimachilik» uyushmasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 04/13-2579-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘yash eritmasi tarkibiga uzxitanni kiritish evaziga rang intensivligini 40% ga oshirish imkonini bergan; 
xitozan asosidagi intensifikatorlardan foydalanish texnologiyasi “Buxoro Brilliant Silk” MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zto‘qimachilik» uyushmasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 04/13-2579-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipak va paxta-ipak matolarni bo‘yash uchun xitozan va uzxitandan foydalanish natijasida bo‘yalgan matolarning rang sifat ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilash, shu bilan birga qimmatbaho bo‘yovchi modda (27-30%) va elektrolit miqdorlarini kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish