Raxmatullaev Fayzulla Nig‘matullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish va zararsizlantirish tizimini takomillashtirish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1698.
Ilmiy rahbar: Turobjonov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish - yig‘ish, tashish, saqlash hamda bartaraf etish va zararsizlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqindilarning morfologik tarkibi aniqlanib, bartaraf etishda suyuq yoqilg‘ilar aralashmasi hosil bo‘luvchi piroliz texnologiyasidan foydalanish samarasi isbotlangan;
qattiq maishiy chiqindilarni pirolizlash jarayoni 550 S da kichik xajm-lardagi pirolizatorlarda anaerob sharoitlarda amalga oshirilib, uch turdagi - piroliz gazi, suyuq va qattiq uglerodli mahsulot hosil bo‘lishi isbotlangan;
pirolizlash jarayoni mahsulotlari gaz qismidan qattiq maishiy chiqindilarni bartaraf etishda va suyuq fraksiyasi (zichligi 920 - 980 kg/m3, yonish harorati 45 - 50 MJ/kg, oltingugurt miqdori 0,1 - 1,0 %, nisbiy yopishqoqligi 6,5 - 7,5 cst)dan yoqilg‘i sifatida foydalanish asoslangan;
qattiq maishiy chiqindilarni pirolizlash jarayoni uglerodli qattiq mahsuloti - texnik ko‘mirni sovutish, ajratish, briketlash tizimi ishlab chiqilib, yuqori kaloriyali yoqilg‘i (410 - 450 kg/m3, yonish issiqligi 25 - 30 MJ/kg, kul 10 - 15 %, qattiqligi 90 - 95 %, uchuvchi moddalar miqdori 20 - 25 %) sifatida foydalanish aniqlangan;
qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, bartaraf etish va zararsizlantirish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, ishlatish, tashish, saqlash va ko‘mish orqali boshqarish va ularni zararsizlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, ishlatish, tashish, saqlash va ko‘mish orqali boshqarish tizimi Toshkent shahri «MAXSUSTRANS» DUKda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekiston Respublikasi ekologiya ya atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi»ning 2021 yil 25 iyundagi 04-04/1-2109-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta ishlashga yaroqsiz organik chiqindilarni anaerob sharoitlarda piroliz qilish orqali takomillashtirish bilan suyuq yoqilg‘i fraksiyalarini ajratish va poligonlarga ko‘miluvchi chiqindilar miqdorini 4 martta kamaytirish imkonini bergan;
qattiq maishiy chiqindilarni zararsizlantirish tizimi Toshkent shahri «MAXSUSTRANS» DUKda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekiston Respublikasi ekologiya ya atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi»ning 2021 yil 25 iyundagi 04-04/1-2109-son ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq organik chiqindilarni pirolitik qayta ishlash, ikkilamchi va muqobil xom ashyolardan energiya tashuvchilar ishlab chiqarish imkonini bergan.