Raxmatov Shokirjon Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metanni katalitik oksikondensatlab etilen olish va uning texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1925.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Tursunali Suyunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; To‘raev Erkin Rustamovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metanni oksikondensatlash jarayonining samaradorligini oshirish va metanni katalitik oksikondensatlab etilen olishning energiya va resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor metanni katalitik oksikondensatlash jarayoni uchun yangi tarkibdagi yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan, kokslanishni kamaytirishi bilan xarakterlanadigan (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizator yaratilgan;
differensial reaktor sharoitida qayd etilgan reaksiyaning kinetik qonuniyatlari (dastlabki moddalarning o‘zgarish tezligi, reaksiyaning kinetik modeli, konversiya tezligiga va jarayonning maqbul rejimini tanlashga turli omillarning ta’siri) asosida jarayon borishining maqbul sharoiti aniqlangan;
membranali reaktorning ishchi parametrlarini maqbullashtirish asosida metanni oksikondensatlash jarayoni uchun samarali texnologiya va qurilmalar bilan jihozlashning fizik-kimyoviy asoslari yaratilgan;
metanni oksikondensatlash reaksiyasining borish mexanizmlari asosida jarayonlarni ifodalaydigan kinetik tenglamalar tanlanib, jarayonni membranali adiabatik qurilmada o‘tkazish samarali ekanligi isbotlangan;
metandan etilen sintezining optimal texnologik parametrlari aniqlangan hamda ushbu jarayon va katalizator «Navoiyazot» AJ da yarim-sanoat qurilmasida sinovdan o‘tkazilib, olingan natijalar asosida metandan etilen olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metanni katalitik oksikondensatlab etilen olish va uning texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metanni katalitik oksikondensatlab etilen olish jarayoni «Navoiazot» AJda amaliyotga joriy qilingan («Navoiazot» AJning 2020 yil 21 avgustdagi 5860-son ma’lumotnomasi). Natijada, metanni katalitik oksikondensatlab etilen olishning takomillashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
metanni katalitik oksikondensatlab etilen olish jarayoni uchun yuqori katalitik faollikka ega bo‘lgan yangi tarkibli katalizatorlarni ishlab chiqish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2020 yil 15 iyuldagi 855/GK-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, (Mn2O3)x∙ (Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizatoridan etilen sintezida import o‘rnini bosuvchi maxalliy katalizator sifatida qo‘llash imkonini bergan.