Xujaev Saydaxmadning
patent asosida o‘tkaziladigan fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Radionuklidli 99Mo/99mTc generatorini va 57Co radionukliditni olish texnologiyalarini ishlab chiqish”, 01.04.01 – eksperimental fizikaning usullari va asboblari  (texnika fanlari doktori).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.2.DSc/T431.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi radionuklidli 99Mo/99mTc generatori texnologiyasini reaktorda aktivatsiya qilib olingan Mo-99 radionuklidi asosida ishlab chiqish va yuqori radionuklidli tozalikka ega bo‘lgan 57Co radionuklidini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boyitilgan 98Mo izotopli molibden oksidini yadro reaktori VVR-SM da nurlantirib yuqori maxsus aktivlikka (6-9 Ki/g) ega bo‘lgan  99Mo radionuklidini aktivlashtirib olishni shartlari aniqlangan;
molibdenni izopolimolibdat xolatidagi kimyoviy shaklini olishni yangi usuli va molibdenni izopolimolibdat  shakli oksid alyuminiyda 99% dan yuqori darajada sorbsiyalanishi aniqlangan;
boyitilgan 98Mo ni aktivatsiya qilib olingan 99Mo radionuklidi asosida radionuklidli 99Mo/99mTc generatorini olishni texnologiyasi birinchi marta ishlab chiqilgan;
generator kolonkasidan 99mTc radionuklidini ajratib olishda ishlatiladigan eritmalarni tarkibi va radionuklidni yuvib olishni shartlari aniqlangan; 
birinchi marta radionuklidli generator 99Mo/99mTc ishlab chiqarish texnologiyasi chiqindilaridan boyitilgan 98Mo ni 80% gacha regeneratsiya qilib olish va uni ishlab chiqarish sikliga qaytarish texnologiyasi ishlab chiqilgan;  
siklotronda 58Ni izotopini protonlar bilan nurlantirishni optimal shartlari va nurlantirilgan nishonlarni radiokimyoviy ishlovi aniqlangan;
57So radionuklidini nurlantirilgan nikel`-58  nishonlaridan  olishga asoslangan, yuqori radionuklidli tozalikni ta’minlaydigan (radioaktiv iflosliklar miqdori 0.15% dan kam)  takomillashtirilgan xromatografik usuli ishlab chiqilgan;  
birinchi marta 57So radionuklidi ishlab chiqarish texnologiyasi chiqindilaridan boyitilgan 58Ni ni 80% gacha regeneratsiya qilib olish va uni ishlab chiqarish sikliga qaytarish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 99Mo/99mTc radonuklidli generatorini va 57So radionuklidini  olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:  
natriy pertexnetat (Tc-99m) ni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Natriy pertexnetat (Tc-99m) ni olish usuli”, № 5121, 29.06.1998). Ixtirodan foydalanish natijasida natriy pertexnetat eritmasini generator kolonkasidan vakuumlashtirilgan flakonlar yordamida olish imkoniyati yaratilgan. Bu holat klinikalarda generatordan foydalanish jarayonini xavfsizligini ta’minlaydi; 
ishlatilgan generatorlardan olingan molibden-98 ni neytronlar bilan nurlantirib texnesiy-99m generatorini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Texnesiy-99m generatorini olish usuli”, № IDP 05064, 18.01.2002). Ixtirodan foydalanish natijasida xom-ashyoga bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarini 80% ga kamaytirish va 99Mo/99mTc generatorini chiqindilarsiz texnologiyasini yaratish imkoniyati yaratilgan;
natriy pertexnetat (Tc-99m) ni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Natriy pertexnetat (Tc-99m) ni olish usuli”, № IAP 04001, 22.07.2009). Ixtirodan foydalanish natijasida Tc-99m radionuklidini generator kolonkasidan yuvib olish unumini va effektivligini oshirish imkoniyati yaratilgan; 
aktivatsion 99Mo va ishlab chiqarish chiqindilaridan regeneratsiya qilib olingan boyitilgan Mo-98 asosida ishlab chiqilgan texnologiyalar O‘z FA YaFI huzuridagi “Radiopreparat” Davlat korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (10.08.2021 da berilgan №1-1/784-sonli  Ixtirodan foydalanish akti). Natijada mahsulot sifati oshirilgan va ishlab chiqarish xarajatlari 80% ga qisqargan;  
tashuvchisiz kobalt-57 ni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi   Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Tashuvchisiz kobalt-57 ni olish usuli”, № 5120, 03.07.1998). Ixtirodan foydalanish natijasida olinadigan mahsulot kobalt-57 preparatining radionuklidli tozaligi oshgan va sifati yaxshilangan;
tashuvchisiz kobalt-57 ni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Tashuvchisiz kobalt-57 ni olish usuli”, № 2857, 30.09.1995). Ixtirodan foydalanish natijasida ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilgan va kobalt-57 radionuklidini chiqindilarsiz olish texnologiyasi yaratilgan; 
57So radionuklidini takomillashtirilgan xromatografik texnologiyasi va 58Ni  izotopini ishlab chiqarish chiqindilaridan ajratib olish texnologiyasi OOO «Tezlatgich» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (09.08.2021 da berilgan №126/1-sonli Ixtirodan foydalanish akti). Natijada mahsulot sifati oshirilgan va ishlab chiqarish xarajatlari 80% ga qisqartirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish