Raupov Anvarjon Razoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fosfor guruhli oligomerlar asosida to‘qimachilik materiallarni olovbardoshligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1245.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, PhD.40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna texnika fanlari doktori, professor, Kuldashev Ikrom Xamidullaevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:Toshkent kimyo texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik materiallarni fosfor guruhli yong‘indan himoyalovchi oligomerlar asosida kompozitlarni yaratish va ularni iqtisodiy va ekologik samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy to‘qimachilik materiallarining olovbardoshligini oshirish uchun fosfor, azot, kremniy va metall guruxli birikmalarni tiomochevina, mochevina, melamin va epixlorgidrin asosida yangi tarkibli antipirenlar oligomerlanish jarayoni (usuli) yordamida ishlab chiqilgan.
olingan fosfor guruhli TEX-1, TEXA-2, TEX-4, TEX-3 va T-200 markali oligomer antipirenlar bilan to‘qimachilik materiallarga ishlov berishning 10-20% gacha bo‘lgan optimal nisbatlari va ta’sir etish mexanizmi aniqlangan hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash samaradorligini oshirishga erishilgan;
fosfor guruhli oligomer antipirenlar bilan ishlov berilgan to‘qimachilik materiallarni massa yo‘qotilishi 97,3 % dan 21,3% gacha pasayishi aniqlangan hamda funksional guruhlarni fizik-mexanik va kimyoviy xossalari yaxshilanganligi ilmiy isbotlangan;
fosfor, azot, kremniy va metall guruxli birikmalarni mochevina, va epixlorgidrin asosida TEXA-2 va TEX-4 markali yangi tarkibli oligomer antipirenlarni olishda haroratni 90-100oS pasaytirish orqali iqtisodiy samarador texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fosfor guruhli oligomerlar asosida to‘qimachilik materiallarni olovbardoshligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘qimachilik materiallarini yong‘indan himoyalash maqsadida yaratilgan fosfor saqlagan oligomer antipiren tarkiblar “SVERXBELPROEKT” MChJ, “Sotton Road” QK MChJ hamda “Sharq teks lyuks” MChJ to‘qimachilik matolari ishlab chiqarish korxonalarida muvaffaqqiyatli amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 6 iyuldagi 04/25-2063-son ma’lumotnomasi). Natijada olovbardosh to‘qimachilik materiallarining massa yo‘qotishi 28% bo‘lishiga (ishlov berilmagan to‘qimachilik materiallari 97% ni tashkil etgan) va to‘qimachilik materiallarni kislorod indeksi 28%ga oshish imkonini bergan.