Kasimova Guzal Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Riboflavin va tartrazin molekulalarining o‘z-o‘zi bilan yig‘ilish spektroskopiyasi», 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/FM358
Ilmiy rahbar: Astanov Solix Husenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand  davlat  universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Gulom Murodov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent; I.A.Raxmatullaev fizika-matematika fanlari doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Spektral-optik, mikroskopik tadqiqotlar asosida o‘z-o‘zi bilan yig‘ilgan molekulalarning vujudga kelishida foydalaniladigan erituvchilarning tabiatiga, konsentratsiyasiga va haroratiga bog‘liq holda hosil bo‘lish sharoitini aniqlash, o‘z-o‘zi bilan yig‘ilgan molekulalarning shakllanishi va tuzilishini o‘rganish, hosil bo‘lgan zarrachalarning strukturasi va geometrik parametrlarini aniqlash bilan birga riboflavin molekulasining fotobarqarorligini oshirish uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
riboflavin uchun molekulaning o‘z-o‘zi bilan yig‘ilishi V2 vitaminning birinchi molekulasidagi flavon qismi vitaminning ikkinchi molekulasidagi ribitol qismiga orientatsiyasi orqali amalga oshishi, vodorod bog‘lar vositasida birlashganda, ignasimon zarrachalar shakllanganligi aniqlangan;
riboflavin va tartrazinning o‘z-o‘zi bilan yig‘ilgan molekulalariga tegishli bo‘lgan mos ravishda oltita va ikkita yashirin yutilish polosalari mavjudligi, shuningdek riboflavin molekulalarining fotobarqarorligi eritmaning assotsiatsiya darajasiga chiziqli bog‘lanishga ega ekanligi isbotlangan;
riboflavin va tartrazinning o‘z-o‘zi bilan yig‘ilgan molekulalar strukturasidagi ignasimon zarrachalar geometrik parametrlarini eritmadagi assotsiatsiya darajasiga bog‘liqligi va bu zarrachalarning umumiy ko‘rinishi konsentrik halqa yoki ellipsoid shaklda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
yarimempirik hisoblashlar natijalariga asosan riboflavin va tartrazin atomlarida zaryadning qayta taqsimlanishida ularning dipol momenti qiymatining ortishi molekulalararo dipol-dipol ta’sirning vujudga kelishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Riboflavin va tartrazin molekulalarining o‘z-o‘zi bilan yig‘ilish spektroskopiyasi buyicha olingan natijalar asosida:
haroratning va eritilgan moddaning konsentratsiyasi va erituvchining tabiati o‘zgarganda riboflavin va tartrazin eritmalarining spektral-lyuminissent tavsiflarining o‘zgarish qonuniyatlari, riboflavin va tartrazin molekulalarining o‘z-o‘zi bilan yig‘ilish usullarini identifikatsiya qilish natijalari OT-F2-30-«Fotonika kompleksov organicheskix krasiteley s biologicheskimi ob’ektami i nanochastisami metallov» (Samarqand davlat universitetining 2020 yil 04 oktyabrdagi 10-3951-son ma’lumotnomasi) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi rodamin va stirilsianin bo‘yoqlarining suv eritmasidan suv-etanol, suv-dimetil`formamid va suv-dioksan eritmalariga o‘tishda yutilish spektrlari va fluoressensiyasining fizikaviy xususiyatlarini tahlil qilish, shuningdek, bo‘yoqlar–protein komplekslarini aniqlash imkonini bergan. 
molekulalarning o‘z-o‘zi bilan yig‘ilish jarayonida vujudga keladigan strukturaning o‘zgarishi, assotsiatsiya darajasiga bog‘liq bo‘lgan natijalar, ikkilamchi xom ashyo suv-sutli faza bilan yog‘ fazasining o‘zaro birlashishida vujudga keladigan bir jinsli massa hosil qilish va bu massaning stabillik vaqtini oshirish maqsadida bog‘lovchi modda sifatida o‘z-o‘zi bilan yig‘ilgan riboflavinning suvli eritmasida olingan natijalar  OT-A9-5 raqamli “Donni qayta ishlashning ikkilamchi xom ashyosidan foydalanib funksional oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyasi asosida yangi ishlanmalar yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Buxoro muxandislik texnologiya institutining 2021 yil 25 avgustdagi 87-10/1770-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar natijasida texnologik rejimda donni qayta ishlashning ikkilamchi xom ashyosidan foydalanib, emul`sion yog‘ mahsulotlarining biologik faolligini oshirishda, don murtagi qo‘shilgan yog‘-unli kompozitlarning saqlash muddatini uzaytirish hamda tayyor mahsulotning tabiiy rangdorligini saqlash maqsadida riboflavin va tartrazinning suvli eritmasidan foydalanish imkonini bergan.
riboflavin va tartrazinning suvli eritmasida assotsiatlarning yashiringan yutilish polosalari aniqlangan va ular flavon, antatsian tarkibida kartinoid bo‘lgan meva pastilatlari ko‘rinishidagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun barqaror sharoit yaratish uchun foydalanilgan (TI-201122919-09-2020 26.09.2020 dan Texnikaviy instruksiya). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ribaflavin assotsiatining pasport tavsiflari  farmatsevtikada V2 vitamini asosida dori preparatlari yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish