Boltabaev Azizbek Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Alyuminiy qotishmalarida chiziqli va nochiziqli elastik va issiqlik xossalarining o‘zaro bog‘liqligi», 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.FM637.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Farxod Rashidovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Ashurov Muxsin Xurramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Mirzaev Sirojiddin Zaynievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.A. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alyuminiy qotishmalarining chiziqli va nochiziqli elastiklik va issiqlik xossalarining o‘zaro bog‘liqligini ularning tarkibidagi asosiy kiritma elementlar miqdoriga bog‘liq ravishda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta tajribada SAV-1 va AMG-2 alyuminiy qotishmalarida akustik to‘lqinlarning 10 va 50 MGs oralikda ko‘ndalang, bo‘ylama tezliklari va so‘nish koeffisienti aniqlangan;
AMG-2 qotishma panjarasida magniy atomlari harakatining faollanish energiyasi 0,38 eV ga tengligi va kiritilish pozisiyasida magniy atomlarining o‘rtacha tebranish chastotalari taqriban 3·1012 Gs ga tengligi aniqlangan;
birinchi marta SAV-1 (2.04) va AMG-2 (2.06) alyuminiy qotishmalarida Gryunayzen parametri qiymati va uning temperaturaga bog‘liqligi aniklangan;
elastiklik modullarining, shu jumladan Yung modulining, siljish moduli va hajmiy elastiklik adiabatik modulining alyuminiy qotishmalaridagi magniy kiritmasi konsentratsiyasiga 0.45 – 2.10 % bog‘liqligi aniqlangan;
impul`s-intenferensiya usuli asosida materiallarda akustik to‘lqinlarning tezligi va so‘nishini o‘lchash aniqligini oshirish imkonini beradigan qurilma yig‘ilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Alyuminiy qotishmalarining chiziqli va nochiziqli elastiklik va issiqlik xossalarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
SAV-1 va AMG-2 alyuminiy qotishmalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang akustik to‘lkinlarning aniqlangan tezligi va so‘nish koeffisientlari, xamda AMG-2 qotishma panjarasidagi magniy atomlarining xarakat aktivlik energiyasi noyob ilmiy qurilma “VVR-SM Yadroviy tadqiqot reaktorida” foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2020-yil 20-avgustdagi № 2/1255-2320 sonli xati). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi VVR-SM reaktorining temperaturaga bog‘liq ish rejimini hisoblash imkonini bergan;
SAV-1 va AMG-2 alyuminiy qotishmalarda aniqlangan Gryunayzen parametri va uning temperaturaga bog‘liqligi noyob ilmiy qurilma “VVR-SM Yadroviy tadqiqot reaktorida” foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2021-yil 20-avgustdagi № 2/1255-2320 sonli xati). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi SAV-1 va AMG-2 alyuminiy qotishmalardagi issiqlik o‘tkazuvchanlik va issiqlik qarshiligi koeffisientlarini temperaturaga bog‘liqligini bashorat qilish imkonini bergan;
Yung modulining, siljish moduli va hajmiy elastiklik adiabatik modulining alyuminiy qotishmalaridagi magniy kiritmasi konsentratsiyasiga aniqlangan bog‘liqligi BF2-006 “Bo‘linish mahsulotlari va transuran izotoplar aktivligini minimallashtirish va ularni VVR-SM yadro reaktori konstruksion materiallarga ta’sirini o‘rganish” fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2021-yil 20-avgustdagi № 2/1255-2320 sonli xati). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi VVR-SM yadro reaktori nurlanish dozasiga bog‘liq issiqliq ajratuvchi qurilmasida konstruksion material sifatida foydalaniluvchi SAV-1 qotishma kengayish darajasini baxolash imkonini bergan;
akustik to‘lqinlarning tezligi va so‘nishini o‘lchaydigan impul`sli interferension metod ishlanmasi materiallarda akustik to‘lqinlarning tezligini yuqori aniqlikda o‘lchash qurilmasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk Agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Foydali modelga 2020-yil 28-sentyabrda berilgan O‘zbekiston Respublikasi patenti № FAP 012545). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi VVR-SM yadro reaktorining aktiv zonasida ishlaydigan SAV-1 qotishmasidan tayyorlangan qurilmalarni mexanik kuchlanishini aniqlash imkonini bergan.