Xolmuradova Mexrinisa Ibraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin A’zam kinoqissalari tilining sotsiopragmatik aspekti”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil693.      
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzoxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Baxriddinova Bashorat Ma’dievna, filologiya fanlari doktori (DSc). 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Erkin A’zam kinoqissalari matnidagi adresant, adresat hamda nutqiy vaziyatga ijtimoiy muhitning ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Erkin A’zam kinoqissalarida lisoniy vositalarning badiiy matnlardagi yashirin pragmatik imkoniyatlari, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotga nutqiy vaziyat, nutqiy sharoitning ta’siri bilan bog‘liq madaniy sotsiopragmatik jihatlar aniqlangan; 
kinoqissalarda sodda gaplardan, to‘liqsiz, bir bosh bo‘lakli gaplardan, kiritmalardan, zarur o‘rinlarda sheva elementlaridan unumli foydalanish o‘zaro muloqotning samaradorligini ta’minlashi, so‘zlar, umuman, matn tili ijtimoiy jihatdan kinoqissaga moslashishi dalillangan;
ot va otlashgan so‘zlarda son kategoriyasi, jumladan, ko‘plik shakli nutqiy vaziyatlarda undov va modal so‘zlar kabi o‘z grammatik ma’nosidan tashqari ijobiy va salbiy baho munosabatlarini ifodalashga xizmat qilishi Erkin A’zam kinoqissalari misolida ochib berilgan;
kinoqissalarda grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy vositalarning qahramon ruhiy holati, dunyoqarashi, ijtimoiy holati, voqelikka munosabati, nutqiy vaziyat, zamon va makon ta’sirida so‘zlovchining o‘z ichki munosabatlarini ifodalovchi morfologik va sintaktik vositalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin A’zam kinoqissalari tilining sotsiopragmatik aspektda tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Erkin A’zam kinoqissalari tilining sotsiopragmatik xususiyatlarini aniqlash va ularni tahlil etish orqali olingan xulosalaridan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-118 raqamli “Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 24 iyundagi 01/11-03/03-871-son ma’lumotnomasi). Natijada, lisoniy vositalarning pragmatik imkoniyatlari, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotga nutqiy vaziyat, nutqiy sharoitning ta’siri, verbal va noverbal vositalarning pragmatik imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
nutq jarayonida so‘zlovchi tomonidan muloqot samarali bo‘lishida noverbal vositalarning o‘rni hamda grammatik vositalarning pragmatik imkoniyatlaridan foydalanishga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan “O‘zbek raqs san’ati terminologiyasi” mavzusidagi PZ-20170930188-raqamli tadqiqot loyihasida sohaga tegishli terminlar va ularning takomillashuvi, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi maqomini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 02-12-10-2952-son ma’lumotnomasi). Natijada, kinoqissalarning lingvistik tadqiqi o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, pragmalingvistika, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik kabi bir qator zamonaviy sohalarni rivojlantirishga doir xulosalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
kinoqissalardagi so‘zlovchi va tinglovchi – asar qahramonlari nutqida yordamchi so‘z turkumlarining aniqlangan pragmatik ma’nolaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi AM-FZ-201908172-raqamli tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 24 iyundagi 01/11-03/03-871-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining bugungi so‘zligini qamrab olgan elektron darslik, ko‘p tilli so‘zlashgichlar va o‘zbek tilining boshqa tillarda ekvivalenti bo‘lmagan, tarjima qilinmaydigan leksik birliklari – milliy-madaniy so‘zlarning izohi berilgan glossariy, o‘zbekcha to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan audio va videomateriallar hamda mobil ilova qamrab olingan mul`timedia mahsulotlari majmuasi yaratilgan;
Erkin A’zam kinoqissalari tilining sotsiopragmatik xususiyatlarini aniqlashga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olinayotgan kinofil`mlarning ssenariylarini tayyorlashda, har qanday muloqotning muvaffaqiyati ijrochi va tinglovchi suhbatining ishonchligini ta’minlab berishda namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan “O‘zbek raqs san’ati terminologiyasi” mavzusidagi PZ-20170930188-raqamli tadqiqot loyihasida hamda amalga oshirilayotgan “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirish” mavzusidagi S-202003161-raqamli tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2021 yil 24 iyundagi  01-05/08-1033-son ma’lumotnomasi). Natijada Kinoqissalar asosida yaratilayotgan kinofil`mlarda aktyorlar ijrosida jest(odat)lari va manera(tana harakat)lari alohida ahamiyat kasb etishi, o‘zaro muloqot jarayonining aksariyati noverbal vositalar yordamida almashinilishi, uning namoyon bo‘lishi omillariga tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
kinoqissalarda verbal va noverbal vositalar pragmatik mazmun ifodalab, adresant va adresatning nutqiy vaziyatga bo‘lgan sub’ektiv bahosini ko‘rsatib, pragmatik mazmun ifodalashiga doir nazariy xulosalaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Adabiy jarayon”, “Ona tili saboqlari”, “Til ziynati” singari ko‘rsatuvlarida (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 dekabrdagi 01-16/141-son ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va  taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 8 iyundagi 04-25-984-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish