Najmiddinova Hilola Yokubjanovnaning fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda mul`timedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped104.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Mirsaid Mirsiddikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Begimqulov Uzoqboy Shoyimkulovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; O‘rinov Axmadjon Qo‘shaqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda kompyuter o‘yinlariga asoslangan mul`timedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga mo‘ljallangan “Avtoolam”, “Intellektual kartochkalar”, “Songa to‘ldir”, “Basketbol”, “Quvnoq halqachalar” nomli uzviylik, fanlararo ichki va tashqi integrativlik, individual, fasilitativ, shaxsga yo‘naltirilgan va adaptiv yondashuvlarga asoslangan mul`timedia texnologiyalari ishlab chiqilgan;
“Ota-ona nazorati” dasturi foydalanuvchilarning kompyuter bilan muloqot qilish jarayonini tartibga soluvchi fiziologik, psixologik, pedagogik, texnik va ma’naviy me’yor talablari hamda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga qo‘yilgan davlat talablarini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi metodika takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarning shakllanganlik darajasini baholash mezoni shaxsning xotira tezligi, tafakkur tezligi, diqqatning barqarorligi, reaksiyaning tezligi, optimal echim tanlash kabi intellektual rivojlanish indikatorlarini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlar shakllanganlik darajasini qayd etib boruvchi hamda baholash imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan mexanizm ishlab chiqilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi mul`timedia texnologiyalari (virtual matematik o‘yinlar) bilan interfaol metodlar (o‘yin, shaxsga yo‘naltirilgan, tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, muammoli-izlanishli, intellektual test, loyihalashtiruvchi, hamkorlik)ning integratsiyasini ta’minlovchi vositalar (dasturiy mahsulot va didaktik ta’minot) orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mul`timedia texnologiyalari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga mo‘ljallangan, uzviylik, fanlararo ichki va tashqi integrativlik, individual, fasilitativ, shaxsga yo‘naltirilgan va adaptiv yondashuvlarga asoslangan holda ishlab chiqilgan mul`timedia texnologiyasi (“Avtoolam”, “Intellektual kartochkalar”, “Songa to‘ldir”, “Basketbol”, “Quvnoq halqachalar” kabi) oilada tarbiyalanayotgan 3-7 yoshli bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2020 yil 13 fevraldagi 01-11/154-son ma’lumotnomasi). Natijada, matematik ta’limda oila va ta’lim muassasasining uzviy aloqasini ta’minlashga, oilada ta’lim muhitini shakllantirishga hamda tarbiyalanuvchilarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirishga erishilgan;
foydalanuvchilarning kompyuter bilan muloqot qilish jarayonini tartibga soluvchi me’yor talablari (fiziologik, psixologik, pedagogik, texnik va ma’naviy) bilan elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishga qo‘yilgan davlat talablarini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi metodika va algoritm asosida takomillashtirilgan “Ota-ona nazorati” nomli dasturiy mahsulot bilan “X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” nomli respublika yarmarkasida (2017 y., Toshkent sh.) ishtirok etilgan va Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 yanvardagi 89-03-256-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanuvchilarning kompyuter bilan muloqot qilish jarayonini me’yoriy va pedagogik talablar asosida tartibga solishga va kompyuter texnologiyasidan maqsadli foydalanishga erishilgan;
shaxsning intellektual rivojlanish indikatorlari (xotira tezligi, tafakkur tezligi, diqqatning barqarorligi, reaksiyaning tezligi, optimal echim tanlash) asosida takomillashtirilgan, maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarning shakllanganlik darajasini baholash mezonidan 2015-2017 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 yanvardagi 89-03-256-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar matematik savodxonligini rivojlantirishda kompyuter o‘yinlaridan foydalanish ko‘nikma va malakalarining oshishiga erishilgan;
mul`timedia texnologiyalari (virtual matematik o‘yinlar) bilan interfaol metodlar (o‘yin, shaxsga yo‘naltirilgan, tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, muammoli-izlanishli, intellektual test, loyihalashtiruvchi, hamkorlik)ning uyg‘unligini ta’minlovchi vositalar (dasturiy maxsulot va didaktik ta’minot) orqali takomillashtirilgan, maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasidan maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 03.01/1-506-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarida kompyuter o‘yinlari orqali individual va guruhli mashg‘ulotlar uzviyligini ta’minlashga erishilgan.