Gaipov Dilshod Jumabekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Evristik metod yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faolligini ta’minlash mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1251.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti? DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdimuratov Paraxat Seytmuradovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi evristik o‘qitish metod va usullari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faolligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faolligini ta’minlashning pedagogik xususiyatlari va produktogen omillari kognitiv faoliyatning hissiy-emotsional, motivatsion, irodaviy tarkibiy asoslarini qiyinchilik darajasiga ko‘ra murakkablashib boruvchi o‘quv masalalariga samarali echim topish imkonini beruvchi evristik pedagogika vositasida axborotlarni to‘liq va to‘g‘ri o‘zlashtirishning didaktik imkoniyatini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
evristik ta’limga ustuvorlik berish asosida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti sinov va xatolik, ommaviy aqliy hujum, tayanch savollar, ko‘po‘lchovli tasavvur, murojaat, o‘xshashlikni aniqlash, muqobilini topish, erkin umumlashmalar qilish, maqsadlar daraxti, ekspert baholash kabi metodlarni ijodiy jarayonning dinamikligini hisobga olish asosida qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
evristik topshiriqlar va mashqlar asosida boshlang‘ich ta’limda o‘qitish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonning algoritmik bosqichlari o‘qitish jarayonida izlanishli faoliyatni aks ettiruvchi birlamchi interfaol shakli tarzida monologik va dialogik muloqotning bilish faoliyati turi sifatida bashoratlash bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
evristik usullar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmi ta’lim mazmunini bola aqliy rivojining haqqoniy darajasiga asoslangan vertikal, shaxsda ijodiy sifatlarning shakllanganligini ko‘rsatib beruvchi gorizontal asosda uzviyligini ta’minlash orqali ta’lim oluvchilarni raqobat muhitiga asoslangan kreativ faoliyatga faol jalb etishning muqobil usullarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Evristik metod yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faolligini ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faolligini ta’minlashning pedogogik xususiyatlari va produktogen omillarini kognitiv faoliyatning hissiy-emotsional, motivatsion, irodaviy tarkibiy asoslarini qiyinchilik darajasiga ko‘ra murakkablashib boruvchi o‘quv masalalariga samarali echim topish imkonini beruvchi evristik pedagogika vositasida axborotlarni to‘liq va to‘g‘ri o‘zlashtirishning didaktik imkoniyatini kengaytirish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fani Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika  ta’lim  markazining  2021  yil  21  iyundagi 01/11-03/03-852-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy-izlanishli o‘quv faoliyati samaradorligini oshirishga erishilgan;
evristik ta’limga ustuvorlik berish asosida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish modeli, evristik topshiriqlar va mashqlar asosida boshlang‘ich ta’limda o‘qitish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonning algoritmik bosqichlarini o‘qitish jarayonida izlanishli faoliyatni aks ettiruvchi birlamchi interfaol shakli tarzida monologik va dialogik muloqotning bilish faoliyati turi sifatida bashoratlash bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) fundamental loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 13 apreldagi 01/15-09/73-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflar uchun yangi avlod darsliklarini yaratishda evristik ta’lim asosida o‘quv materiallarini tizimlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
evristik usullar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmini ta’lim mazmunini bola aqliy rivojining haqqoniy darajasiga asoslangan vertikal, shaxsda ijodiy sifatlarning shakllanganligini ko‘rsatib beruvchi gorizontal asosda uzviyligini ta’minlash orqali ta’lim oluvchilarni raqobat muhitiga asoslangan kreativ faoliyatga faol jalb etishning muqobil usullarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0903160552-raqamli  “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” (2015-2017 yy.) fundamental loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston   Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 11 fevraldagi 01/15-09/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faolligini oshirishning dars va darsdan tashqari shakllari integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish