G‘ayipov Dilshod Qadambaevichning 
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ogahiyning badiiy mahorati», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fil22.
Ilmiy maslahatchi: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01. 
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ogahiy badiiy mahoratini lirik janrlar poetikasi, shoir she’riyatining obrazlar olami, bade’, qofiya ilmlarining ijodkor asarlaridagi poetik ifodasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ogahiy badiiy mahoratining adabiy-estetik omillari turkiy hamda forsiy she’riyat an’analarining shoir lirikasidagi badiiy sintezi tarzida namoyon bo‘lishi, shoir ijodda salaflarini hech bir jihatdan takrorlamagani, balki poetik takomilga etkazgani, millatimiz badiiy-estetik tafakkurini yuksaltirish ishiga munosib hissa qo‘sha olgani oydinlashtirilgan;
shoir lirikasida badiiy san’atlarning barcha turlari ¬– ma’naviy, lafziy va mushtarak san’atlardan mahorat bilan foydalanilgani, jumladan, she’riyatida aqd, ittifoq, iqtibos, mazhabi kalomiy, tashobih ul-atrof, ruju’, tavze’, tarsi’, husni matla’, tansiq us-sifot, izdivoj, savolu javob, nido, takrir, mutakarrir, tajohuli orifona, talmeh, iyhom, tajnis, tamsil, tanosub, tazod, tadrij, tardu aks, tashxis, tafriq, jam’u tafriq, tanofur, tajrid, amr va nahiy, ta’riz, ishtiqoq, shibhi ishtiqoq, husni ta’lil, laffu nashr kabi san’atlar ustuvorlik kasb etishi aniqlangan;
shoir  muqayyad qofiyaning raviy, ta’sis, ridf, qayd, daxil kabi barcha unsurlaridan va mutlaq qofiyaning hamma turlaridan, zulqofiyatayn, zulqavofiy singari qofiya san’atlaridan ustalik bilan istifoda etgani aniqlanib, qofiyadagi qusurlar va radif masalasi ochib berilgan;
shoir lirikasida janrlar poetikasi muammosi g‘azal, musammat, qasida, mustazod, tarji’band, shuningdek, qit’a, ruboiy, chiston, tuyuq va muammo singari janrlar kesimida baholangan;
Ogahiy lirik merosidagi badiiy talqin butunlay o‘ziga xosligi, ijodiy uslub ogahiyona ekani bilan alohida ajralib turishi aniq misollar bilan isbotlangan;
ijodkor she’riyatida, aslida, an’anaviy hisoblangan oshiq, ma’shuq va raqib, shuningdek, irfoniy mazmun kasb etuvchi rind, orif, soqiy obrazlarining tasavvufiy, badiiy-irfoniy va falsafiy mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ogahiyning badiiy mahorati” mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:    shoir badiiy mahorati turkiy she’riyat namoyandalari, xususan, Alisher Navoiyning adabiy an’analari asosida takomilga etgani, Ogahiy ijodidagi  oshiq, ma’shuqa, raqib, orif, soqiy, rind, sham’ va parvona kabi obrazlar yangi aspektda, tasavvufiy nuqtai nazardan o‘rganilgani,  shuningdek, shoirning badiiy san’atlarni qo‘llashdagi uslubiy o‘ziga xosligi xususidagi ilmiy dalillardan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida amalga oshirilgan FA-F1-GO39 “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” (2012-2016) fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 3/1255-2431-son ma’lumotnomasi). Natijada,  Ogahiy Navoiyning adabiy an’analari davomchisi va yangilovchisi sifatidagi  qarashlar, an’ana va o‘ziga xoslik masalalari, irfoniy obrazlar poetikasi, badiiy san’atlar  va ijodkor mahoratiga doir yangi nazariy qarashlar, yangi dalil va ma’lumotlar,  yangicha ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
“Ogahiyning badiiy mahorati” tadqiqot ishi doirasida yozilgan  “Ogahiy she’riyatidagi qofiya san’atlari haqida”,  “Ogahiy she’riyatida orif obrazi” kabi bir qancha maqolalardan Xorazm Ma’mun akademiyasida bajarilayotgan A-FA-2019-9 “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 3/1255-2431-son ma’lumotnomasi).    Natijada loyiha bazasiga kiritilgan qo‘lyozma hujjatlar tadqiqida badiiy mahorat masalalariga ham diqqat qaratish lozimligi, bu muhim samara berishi o‘z isbotini topgan;
Ogahiy forsiy tilda ham ijod qilgan mahoratli ijodkor ekanligi, u tasavvuf shoiri emas, biroq tasavvufiy ahkomlarni yuksak san’atkorlik bilan she’rga solgan qalam sohibi bo‘lganligi xususidagi ilmiy natijalaridan Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida foydalanilgan (Tojikiston davlat pedagogika universitetining 2021 yil 15 fevraldagi 15-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari va xulosalaridan universitetda o‘tiladigan “Sharq xalqlari tasavvuf adabiyoti”, “Sharq mumtoz poetikasi” fanlarining o‘quv mashg‘ulotlari hamda  shu universitet olimlari yaratgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarida foydalanilgan;  
shoir badiiy iqtidori takomilga etishida turkiy va forsiy she’riyatning o‘rni ulkan ahamiyat kasb etganligi, an’anaviy janr va mavzularni yangilaganligi, timsol va ramzlar ifodasida mahorat qozonganligi xususidagi ilmiy natijalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Assalom Xorazm”, “Munavvar kun”, “Xabarlar” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (“Xorazm” teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 yanvardagi 65-son ma’lumotnomasi). Natijada Ogahiy badiiy mahorati yuksalishida adabiy an’ananing ta’siri, shoir ijodining o‘ziga xosligi, Ogahiy qo‘llagan she’riy san’atlardagi mahorat masalalarini yanada kengroq yoritish, shoir ijodidagi mavzu va g‘oya, uning mumtoz obrazlardan foydalanish mahorati, qofiya va radif qo‘llashdagi san’atkorligi ommalashtirishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish