Usmanova Xilola Umatalievnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Atrof-muhit ob’ektlarida ba’zi metallarni immobillangan organik reagentlar yordamida aniqlash uchun sorbsion-lyuminessent usullarni ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/K115.
Ilmiy maslahatchi: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergash, kimyo fanlari doktori, professor; Shabilalov Azatjan Axmatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atrof-muhit ob’ektlarida immobillangan organik reagentlar yordamida alyuminiy, berilliy, qo‘rg‘oshin, rux, vol`fram va toriylarni aniqlashning sezgirligi, selektivligi yuqori bo‘lgan ekspress sorbsion-lyuminessent usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qattiq fazali lyuminessent reagentlar sifatida alyuminiyni aniqlash uchun – kal`konkarbon va karmin kislotalari, erioxrom kulrang SGL, erioxrom ko‘k SE, berilliyni aniqlash uchun – kal`konkarbon kislotasi, erioxrom qizil V, qo‘rg‘oshinni aniqlash uchun – erioxrom ko‘k-qora R, erioxrom qizil V, ruxni aniqlash uchun – erioxrom qizil V, erioxrom ko‘k-qora V, vol`fram va toriylarini aniqlash uchun – morin  aniqlangan;
ilk bor kal`konkarbon kislota, erioxrom qizil V, erioxrom kulrang SGL, erioxrom ko‘k SE, erioxrom ko‘k-qora R, erioxrom ko‘k-qora V, karmin kislota va morinlarning turli xil sorbentlarga immobillashning optimal sharoitlari topilgan va ularning analitik xususitlariga (selektivligi va sezuvchanligi) immobillashning ijobiy ta’siri isbotlangan, oksiazobirikmalarni polidekstran tashuvchilarga mumkin bo‘lgan immobillash mexanizmi aniqlangan;
ilk bor alyuminiy, berilliy, qo‘rg‘oshin, rux ionlari eritmada va immobillangan oksiazobirikma va gidroksiantraxinonlar, vol`fram va toriylar esa immobillangan polioksiflavonlar bilan lyuminessent kompleks hosil qilishning asosiy spektral-lyuminessent va kimyoviy-analitik xususiyatlari aniqlangan;
eritmadagi va immobillangan holatdagi oksiazobirikma, polioksi-flavon, gidroksiantraxinonlar misolida elektron ko‘zg‘alishning turli sinf organik birikmalarning kimyoviy va analitik xususiyatlariga ta’sirining qonuniyatlari  isbotlangan; 
ilk bor immobillangan oksiazobirikma, polioksiflavon va gidroksiantraxinonlarni turli shakllari uchun fotoprotolitik reaksiyalarining asosiy xossalari aniqlangan;
komplekslarning qo‘zg‘algan holatidagi xususiyatlari (ligand markazining akseptorlik xossalari ∆rK, lgβ) va spektral-lyuminessent xususiyatlari (φ) orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan; 
alyuminiy, berilliy, qo‘rg‘oshin, rux, vol`fram va toriyni qattiq fazali-lyuminessent aniqlash uchun yangi reagent-tashuvchi sistemalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘rganilgan metallarni immobillangan oksiazoreagentlar, polioksiflavonlar va gidroksiantraxinonlar bilan ishlab chiqilgan aniqlash usullari bo‘yicha oligan ilmiy natijalar asosida:
qo‘rg‘oshinni immobillangan organik reagaentlar yordamida sorbsion-spektroskopik usullar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining  Yong‘in xavfsizlili va favqulodda vaziyatlar muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot institutida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik ta’minlash markazining 2017 yil 12 oktyabrdagi 29/11-779-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usullar turli namunalardan qo‘rg‘oshin ionlarini yuqori sezgirlik va tezkorlik bilan aniqlash imkonini bergan;
alyuminiy, berilliy va vol`fram ionlarini aniqlash va ajratish usuli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJ ning Markaziy laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJ ning 2021 yil 27 yanvardagi 35/GK-01-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usullar oqava suvlar tarkibidagi alyuminiy, berilliy va vol`fram ionlarini aniqlash hamda samarali tozalash imkonini bergan;
immobillangan reagentlar yordamida alyuminiyni aniqlashning sorbsion-fluorimetrik usullari «Navoiazot» AJning analitik laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan («Navoiazot» AJning  2021 yil 19 iyuldagi 01-8/5298-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usullar chiqindi suv tarkibidagi alyuminiyni yuqori sezgirlik va tezkorlik bilan aniqlashga imkon bergan;
alyuminiy va qo‘rg‘oshinni aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining Bosh ekspert-kriminalistik Markazining Portlash texnika ekspertiza bo‘limida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ekspertiza kriminalistika Bosh Markazining 2021 yil 18 avgustdagi  21/838-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usullar turli kriminalistik namunalardan alyuminiy va qo‘rg‘oshin izlarini yuqori sezgirlik va tezkorlik bilan aniqlash imkonini bergan;
zaharli metallarni lyuminessent va sorbsion-lyuminessent aniqlash usullari oliy harbiy muassasalarining harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilish» nomli mul`timedia elektron darsligida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk agentligining 2016 yil 30 sentyabrdagi 000261-sonli mualliflik huquqi ob’ektlarini depozitga qo‘yganlik guvohnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirishga hamda ta’lim samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish