Zokirov Solijon Sodiqjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat kislotasi va organik erituvchilar bilan qayta ishlash orqali suyuq stimulyatorli NPCa- va NPKCa-o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T637.
Ilmiy rahbar: Dexkanov Zulfikaxar Kirgizbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy hodim. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqum fosforitlarini nitrat kislotasining fosfatli ekstrakti, monoetanolamin, mineral o‘g‘itlar va stimulyator asosida stimulyatorlik faolligiga ega murakkab azot-fosfor-kalsiyli va azot-fosfor-kaliy-kalsiyli suyuq o‘g‘itlar olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nitrat kislota fosfat ekstraktini, monoetanolamin bilan neytrallash orqali tarkibida o‘stiruvchi moddalar bilan boyitilgan SKO‘ olish uchun boshlang‘ich eritmani tayyorlashning maqbul rejimi aniqlangan;
nitrat kislotali fosfat ekstraktining monoetanolamin komponentlarining o‘zaro ta’sirlashuv mexanizmi topilgan, natijada suspenziya butun xajm bo‘ylab gomogenlikni va qatlamga ajralishini saqlashi aniqlangan;
rentgenografik va IQ-spektroskopik usullari yordamida SKO‘ boshlang‘ich suspenziyasidan ajratib olingan oq engil iviqnitarkibi aniqlangan;
SKO‘ boshlang‘ich suspenziyasiga azotli, fosforli, kaliyli tuzlar va 1-monoetanolaminogeptin-2-ol-4 ni qo‘shish orqali stimulyatorlik faollikka ega suyuq NPSa- va NPKSa-o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tozalangan ammofos eritmasiga azotli, kaliyli tuzlar va 1-monoetanol-aminogeptin-2-ol-4 larni qo‘shish orqali stimulyatorlik faollikka ega suyuq hamda tiniq NP- va NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Stimulyatorlik faollikka ega suspenziyalashtirilgan SKO‘lar olishning ratsional ishlab chiqilgan texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1-monoetanolaminogeptin-2-ol-4  biostimulyatoriniolish texnologiyasi asosida “Ifoda agro kimyo himoya” MChJdaishlab chiqarilgan biostimulyatorli suyuq kompleks o‘g‘itlar “Don-dukkakli ekinlar ITI Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi”ning dala tajriba maydonlarida joriy  etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 martdagi 02/025-996-son ma’lumotnomasi). Natijada, yillik rejaga nisbatan tarkibida biostimulyator bilan boyitilgan  NPKCa li kompleks suyuq o‘g‘it bilan ishlov berilgan maydonlardagi bug‘doyning “Bobur” navli va g‘o‘zaning S-8295 navi sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, bug‘doy va paxta hosilini 8-10 sentnergacha oshirishga imkonini bergan; 
yuqori samarali NPKCa olish texnologiyasi “Ifoda agro kimyo himoya” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O’zagrokimyohimoya” AJning 2021 yil 29 yanvardagi 01-09/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi suspenziyali kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasini modernizatsiya qilish va intensifikatsiyalashda foydalanish, suspenziyali kompleks o‘g‘itlarga biostimulyator (1-monoetanolaminogeptin-2-ol-4) qo‘shish orqali o‘g‘itning suvda eruvchanligini yanada oshirish, o‘g‘it sarfini 35-40% gacha qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish