Sattarov Karim Karshievichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moylarini unumli katalizatorlarda bosqichli gidrogenlab maqsadli yog‘lar ishlab chiqarishning ilmiy asoslari» 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T220.
Ilmiy maslahatchi: Majidov Qaxramon Xalimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01. 
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil  Babajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Tillaeva Gulnora Urinbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Maqsumov Abduxamid G‘ofurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moylarini unumli katalizatorlarda bosqichli gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta moyini vanadiy (1,5 %), rodiy (0,5%) va palladiy (0,05 %) qo‘shilgan statsionar qotishma nikel`-mis-alyuminiy katalizatorlarida forkontakt gidrogenlash orqali trans-izomerlangan kislotalarning minimal  bo‘lishi asoslangan;
statsionar va suspenziyalangan katalizatorlarning birlashtirishi bilan oziq-ovqat va qandolat yog‘-moy aralashmalari olishning texnologik parametrlari aniqlangan.
harorat 180 °C, bosim 100 kPa va xom-ashyoni uzatish 1,2..1,5 soat–1 hajmiy tezligida qattiq yog‘larda trans-izomerlangan mono-to‘yinmagan yog‘li kislotalarning miqdorini kamaytirishi aniqlanib, yuqori sifatli katalitik gidrogenlangan yog‘larni ishlab chiqarish isbotlangan;
uzluksiz gidrogenlash sharoitlarida gidrogenizatning yod soni kamayishi bilan uning qovushqoqligi oshishi isbotlanib, suyuqlanish va qotishi haroratining oshishi bilan trans-kislotalar miqdori oshishi asoslangan;
promotorlangan statsionar va kukunsimon  nikel`-mis katalizatorlarida paxta moyini forkontakt gidrogenlash uzluksiz texnologiyasida trans-izomerlangan yog‘ kislotalari miqdorini 5,0 ... 7,0% gacha kamaytirish, va ularda linol kislota 25,0 . 27,0 % atrofida doimiy miqdorini ta’minlash imkoni yaratilgan;
o‘simlik moylarini unumli katalizatorlarda bosqichli gidrogenlashning takomillashgan texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘simlik moylarini unumli katalizatorlarda bosqichli gidrogenlab maqsadli yog‘lar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moylarini bosqichma-bosqich gidrogenlash usuli «Xonrod invest » MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 24 maydagi KS/3-533-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 3-5% trans-izomerlangan yog‘ kislotalari saqlagan yuqori qattiqlikdagi gidrogenlangan yog‘lar ishlab chiqarish imkonini bergan;
promotorlangan nikel`-mis katalizatori ishtirokida gidrogenlash texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 24 maydagi KS/3-533-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori selektiv, faolligini va past izomerlovchi qobiliyatli tarkib katalizatori ishlab chiqarish imkonini bergan;
yuqori qattiqlikdagi gidrogenlangan yog‘lar asosida margarin mahsulotlari olish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 24 maydagi KS/3-533-son ma’lumotnomasi). Natijada,  tarkibida trans-izomerlangan yog‘ kislotalarining miqdorim 7 % gacha minimallashtirilgan margarin mahuloti ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish