Usmanov Ulugbek Xusanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tubulg‘ibargli bo‘ymodaron gullari asosida me’da-ichak yarasiga qarshi dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash», 15.00.01 – Dori texnologiyasi, 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Far17.
Ilmiy maslahatchilar: Zaynutdinov Hikmatulla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Komilov Hojiasror Mas’udovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Maksudova Firuza Xurshidovna farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tubulg‘ibargli bo‘ymodaron gullari asosida me’da-ichak yarasiga qarshi dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) tarkibini ilmiy asoslangan holda tanlash, olinish texnologiyasini ishlab chiqish va standartlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tubulg‘ibargli bo‘ymodaron gullarining fil`tr-paketlarga qadoqlangan dori shakli ishlab chiqilgan;
ilk bor mahalliy dorivor o‘simlik xom ashyolari asosida me’da-ichak yarasiga qarshi «Ul`serafit» yig‘ma tarkibi tanlangan va standartlangan;
ilk bor me’da-ichak yarasiga qarshi «Gastrofil» substansiyasi tarkibi va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
me’da-ichak yarasiga qarshi substansiya asosida «Gastrofil» kapsulalarining ilmiy asoslangan tarkibi va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, spesifik faolligi va zararsizligi aniqlangan;
ilk bor tubulg‘ibargli bo‘ymodaron gullari, arslonquyruq o‘ti, qizilmiya ildizi va tirnoqgul gullari asosida kapsula shaklidagi «Gastraxill» biologik faol qo‘shimchasi hamda me’da-ichak tizimi faoliyatining funksional holatini yaxshilaydigan, gastro- va gepatoprotektorlik xususiyatiga ega bo‘lgan kapsulalangan «Liv Protect (Gepa+)» biologik faol qo‘shimchasi ishlab chiqilgan hamda ularning zararsizligi va biologik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tubulg‘ibargli bo‘ymodaron gullari asosida me’da-ichak yarasiga qarshi dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tubulg‘ibargli bo‘ymodaron gullari» dorivor o‘simlik xom ashyosi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (FS 42 Uz-0266-2020). Natijada, me’da-ichak yarasiga qarshi va qon to‘xtatuvchi dori vositasini yaratish imkonini bergan;
«Gastrofil» quruq ekstrakti uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-18583002-4656-2021) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №DV/M 03906/09/21). Natijada, me’da-ichak tizimidagi yallig‘lanish jarayonlarini davolashda qo‘llaniladigan preparatlar uchun substansiya ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Gastraxill» biologik faol qo‘shimchasi uchun Texnik shartlar tasdiqlangan (Ts 28275514-003:2020) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma tasdiqlangan (TI 28275514-003:2020). Natijada, «Abduxoliq Pharm» MChJ korxonasida kapsula shaklidagi «Gastraxill» biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Liv Protect (Gepa+)» biologik faol qo‘shimchasi uchun Texnik shartlar (Ts 18583002-03:2021) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma tasdiqlangan (TI 18583002-03:2021). Natijada, «Nova Pharm» MChJ QK korxonasida me’da-ichak faoliyatini me’yorlashtiruvchi ta’sirga ega kapsula shaklidagi «Liv Protect (Gepa+)» biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarish imkonini bergan;
me’da-ichak yarasiga qarshi «Ul`serafit» yig‘masiga korxona farmakopeya maqolasi loyihasi ishlab chiqilib, klinik sinovdan o‘tkazish uchun «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi» DUK tomonidan ro‘yxatga olingan hamda Etika qo‘mitasi tomonidan mazkur preparatning klinik sinovdan o‘tkazishga ruxsat berilgan (Etika qo‘mitasining 2021 yil 17 apreldagi 2/10-1505-son xati). Natijada, me’da-ichak yarasiga qarshi dori vositasini ishlab chiqish imkonini bergan.