Shovaliev Ilxom Xalnazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stomatologiyada funksional ovqatlanishni qo‘llashni gigienik asoslash» 14.00.07 - Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib337.
Ilmiy maslaxatchi: To‘xtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar:Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Sharif Yuldashevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamrakulova Muqaddas Askarovna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: stomatologiyada mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari asosida funksional ovqatlanishni gigienik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xom-ashyo asosida funksional oziq-ovqatlarning texnik va texnologik resepturasi ishlab chiqilgan;
mahalliy xom-ashyo asosida yaratilgan funksional oziq-ovqat mahsulotlarining biologik qiymatlari va ularning kunlik ovqat ratsionlari to‘laqonligini qondirish darajalari ishlab chiqilgan;
funksional oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga organizmdagi osh tuzi miqdorini kamaytirish imkoniyati hisobiga mahsulotlar resepturasi takomillashtirilgan;
funksional oziq-ovqat mahsulotlarining ovqatlanish xolatini baholovchi ko‘satkich sifatida stomatologik belgilar asosida samaradorligi asoslangan;
organizmda natriy elektrolit almashinuvi va kaliyni antogonistik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Stomatologiyada funksional ovqatlanishni qo‘llashni gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
funksional, shifobaxsh va profilaktik oziq-ovqat mahsulotlarini organizmining funksional holatini yaxshilash natijasida ishlab chiqilgan «Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasiga qo‘yiladigan gigienik talablar» 0367-19-son sanitariya me’yor va qoidasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 dekabrdagi 8-7-1/1885-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar va o‘smirlar orasida stomatologik kasalliklarni ooldini olish va davolashda funksional ovqatlanishni qo‘llashning gigienik me’yorlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni, nutirientiv buzilishlarni, sog‘lom ovqatlanish va kasalliklarni oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 8n-r/377-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini oldini olishga qaratilgan funksional oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqish va ularning samardorligini baholash natijasida stomatologik kasalliklarni oldini olish va asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
kollej o‘quvchilari orasida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash, o‘smirlarning salomatlik holatini mustaxkamlash va oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Texnikum va kollej talabalarining ovqatlanish holatini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 8n-r/378-son ma’lumotnomasi). Natijada texnikum va kollej talabalarini orasida sog‘lom ovqatlanish holatini baholash orqali nutrientiv etishmasligi natijasida yuzaga keladigan stomatologik kasalliklarni oldini olish va samarali tashxislash imkonini bergan;
stomatologiyada funksional ovqatlanishni qo‘llashni gigienik asoslash natijalari sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan, Respublika sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish va jismoniy madaniyat kafedrasining o‘quv amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 avgustdagi 8n-z/286-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi funksional oziq-ovqat mahsulotlari o‘quvchilar organizmida askorbin kislotasini ushlab qolish darajasini ortishi bilan birgalikda tish emal qavatini mustahkamlash uchun aralashma qabul qilgan qish-bahor mavsumida 29,8±0,5% dan 41,5±0,6% gacha, yoz-kuz mavsumida esa 49,8±0,5% dan 56,8±0,6% gacha oshishi, nazorat guruhida esa analogik tartibda 29,8±0,5% dan 78,0±1,5% gacha va yoz-kuz mavsumida 51,4±0,5% dan 99,0±1,4% gacha oshishi hamda o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishni muqobillashtirish, osh tuzini organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish hamda hayot tarzini yaxshilash imkonini bergan.