Nizomov Azizjon Abdumatlubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asetilsisteinnning o‘tkir toj tomir sindrom bilan og‘rigan bemorlarning endotelial tizimi ko‘rsatkichlari va yallig‘lanish markyorlariga ta’siri», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1656.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Ziyaev Yo‘ldosh Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishi bilan kechuvchi bemorlarda N-atsetilsisteinning endotelial disfunksiya va yallig‘lanish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishida interleykin 1β, interleykin 6 va o‘sma nekrozi omili-α sitokinlarini oshib borishining tomirlar endoteliy faoliyati buzilishi va uning avjlanib borishidagi o‘rni asoslangan;
o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishida bazisli davo va toj tomirlar angioplastikasi asosida N-atsetilsistein qo‘llanilishining NO-tizimi muvozanatini tiklanishi orqali tomir endoteliy faoliyatiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishida N-atsetilsisteinning gipersitokinemiya so‘nishi, ya’ni interleykin-6 agressivligi kamayishi asosida yallig‘lanish jarayoniga ta’siridagi o‘rni asoslangan;
N-atsetilsistein asosida o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishi bilan kechuvchi bemorlarda endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiyaning xaqqoniy siljishlari va tomir diametrining dinamikasi hamda uning sistolik qon oqimi cho‘qqi tezligi (∆Vrs) va oxirgi diastolik qon oqimi tezligi (∆Ved) siljish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishida tomir endoteliy faoliyati buzilishini aniqlashda va uni tiklashga qaratilgan davolashning samaradorligini baholash bo‘yicha buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishi bilan kechuvchi bemorlarda endotelial disfunsiyani aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir koronar sindromda endotelial disfunksiyani aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-z/281-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kardiolog va kardioreanimatologlarga mo‘ljallangan bo‘lib, undagi tavsiyalar o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishida tomir endoteliy faoliyatini tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishi bilan kechuvchi bemorlarda endotelial disfunsiyani davolash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «ST-segmenti ko‘tarilgan o‘tkir koronar sindromda endotelial disfunksiyani tiklashga qaratilgan davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-z/281-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada berilgan tavsiyalar tomir endoteliy faoliyati buzilishini davolash negizida kasallikni asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishi bilan kechgan bemorlarda endotelial disfunksiyani davolash va tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Buxoro markaziy tuman shifoxonasi klinik amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 oktyabrdagi 08-09/15976-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir koronar sindrom ST segment ko‘tarilishi bilan kechgan bemorlarda kasallikni erta tashhislash va prognozlash, asoratlarni kamaytirish hamda moddiy sarf-harajatlarni qisqartirish imkonini bergan.