Abdullaeva Muazzamxon Ilxomidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda idiopatik epilepsiyaning klinik- immunologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib913.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Dushanova Gul`sum Abduraxmanovna, (Qozog‘iston Respublikasi); Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya fanlar akademiyasi N.P. Bextereva nomidagi Inson miyasi ilmiy tekshirish instituti federal byudjet tashkiloti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: bolalarda idiopatik epilepsiyaning klinik-neyroimmunologik xususiyatlari, kasallikning patogenezi va kechishini prognozlash hamda tashxisi va terapevtik yondashuvlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
idiopatik epilepsiyali bolalarda S100, GFAP, MUO, NF200 oqsillar va neyromediatorlar, glutamatlar, GAMK, dofamin, serotonin, xolin va vol`tajga bog‘liq Sa-kanalga nisbatan zardobli immunoreaktivlikni aniqlash yo‘li bilan immun-biokimyoviy siljishlarni mul`tikomponentli usullari ishlab chiqilgan;
idiopatik epilepsiyali bolalarda uning shakliga bog‘liq ravishda immunoreaktivlik ko‘rsatkichlari tarqoqligining ortishi ko‘rinishida mazkur oqsillarga nisbatan antitanalarning immunoreaktivligi siljishlarining xususiyatlari aniqlangan;
mazkur patologiyaning neyroimmun o‘zaro bog‘liqligi asosida idiopatik epilepsiyada patogenezning neyromediatorli disbalans va AAT darajasining GFAP va MUO oqsillarga nisbatan ortishi bilan xarakterlanuvchi hal qiluvchi bo‘g‘inining roli asoslangan;
tabiiy autoantitanalarning zardobli tarkibi va bolalardagi idiopatik epilepsiyaning shakllari, kasallikning davomiyligi, xurujlarning chastotasi, kognitiv buzilishlarning mavjudligi va xarakteri o‘rtasidagi korrelyasion parallellar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasallikning etiologiyasi, shakli va davomiyligi, xurujlarning chastotasi va og‘irligidan kelib chiqib, neyroimmunnologik o‘zgarishlarga asoslangan bolalarda idiopatik epilepsiya og‘irligi va kechishini prognozlash bo‘yicha olingan natijalar, shuningdek, kognitiv va neyropsixologik korreksiya usullari asosida:
idiopatik epilepsiya bilan xastalangan bolalardagi kognitiv va neyropsixologik o‘zgarishlarni erta tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Idiopatik epilepsiyaga chalingan bolalarda kognitiv buzilishlarni korreksiyalash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 8n-r/364-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar neyrometabolik korreksiya tarkibidagi nootrop preparatlar idiopatik epilepsiyaga chalingan bolalarda psixosomatik va kognitiv salomatlikni va ular hayotining sifatini yaxshilash uchun zarurligini isbotlash imkonini yaratgan;
idiopatik epilepsiya bilan xastalangan bolalardagi klinik, immunologik, kognitiv, neyropsixologik o‘zgarishlarni erta tashxislash, shuningdek kasallik kechishini og‘irligini baholash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda idiopatik epilepsiyani kechishining og‘irligini prognozlashni balli baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 8n-r/365-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma idiopatik epilepsiyaga chalingan bolalarda asoratlar rivojlanishini individual prognozlash kognitiv va neyropsixologik buzilishlar rivojlanishini oldindan ko‘ra olish va davolash-profilaktik, hamda reabilitatsion tadbirlar ishlab chiqishga imkon yaratgan.
Ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, shu jumladan Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseri va Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqliy markazi poliklinikasini klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 8 n-d/ 153-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usullarni joriy etish natijasida ijobiy natijalarga erishilgan: idiopatik epilepsiyali bolalarda ruhiy dezadaptatsiyaning 2,3 marta kamayishi, ular ijtimoiy faolligining 2,6 marta ortishi; hayot sifatining 1,8 marta yaxshilanishiga erishilgan.